Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/68
Sana23.12.2022
Hajmi1.57 Mb.
#1045093
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
Bog'liq
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI

 
 


73
13-MAVZU: 
TUGANAK VA ILDIZ MEVALI EKINLAR 
Reja: 
 
1. Tuganak mevalilar xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.
2. Kartoshka ekinlarining botanik va biologik xususiyatlari
3. Ildizmevali ekinlar ekinlarining botanik va biologik xususiyatlari 
4. Qand lavlagi ekinlarining botanik va biologik xususiyatlari 
 
 
Bu guruxga xar xil tur va oilaga mansub tuganak meva xosil qiladigan o‘simliklar kiradi. 
Tuganak mevalilar oziq-ovqat sanoatida, em-xashak tayyorlashda va texnik xomashyo sifatida 
ishlatiladi. Tuganak mevalar yer osti poyalarida yoki ildizlarida 5-20 sm chuqurlikda 
rivojlanadi. Tuganakmevalilar qator orasiga ishlov byeriladigan ekinlar bo‘lganligi sababli 
almashlab ekishda katta ahamiyatga ega. 
Jaxonda tuganakmevali o‘simliklardan quyidagilar ekiladi: 
1.
Kartoshka - SolanumtubyerosumL. oilasi- Solanaceae 
2.
Batat - Ipomaea batatus Lam. oilasi- Convolvulaceael 
3.
Topinambur - Helianthus tubyerosus L. oilasi - Astyeraceae vaxokazolar. 
Bu ekinlar xar xil oilaga mansub bo‘lgani bilan ularning tuganak mevasi bir-biriga yaqin, 
tarkibida quruq moda kam, shu bois yaxshi saqlanmaydi. Tuganak mevali ekinlarni etishtirish 
texnologiyasi bir-biriga yaqin, chunki ularning barchasi qatororasiga ishlov byeriladigan 
ekinlardir. 
Jaxonda tuganak mevali o‘simliklar orasida eng ko‘p tarqalgani kartoshka o‘simligidir. 
Tuganak mevali ekinlardan Respublikamizda asosan kartoshka, qisman topinambur-yernoki va 
batat (shirin kartoshka) ekiladi.
Kartoshka 
 
Xalqxo‘jaligidagiahamiyati. Kartoshka xalq xo‘jaligida oziq-ovqat, em-xashak, texnik 
ahamiyatga ega. Dunyo dexqonchiligida kartoshka sholi, bug‘doy va makkajo‘xori bilan bir 
qatorda etakchi o‘rinni egallaydi. Kartoshka tuganagi tarkibida 25% gacha quruq moddalar, 
shujumladan, kraxmal 14-22%, oqsil 1,4-3,0%, kletchatka-1,0, yog‘-0,3% va 0,8-1,0% 
kulmoddalaribo‘ladi. Kartoshka vitamin S va V gruppa vitaminlariga boy. Xom tuganagi 
tarkibida S vitamini miqdori 40 mg ga etadi. Kartoshkaning yosh poyasi tarkibida 84% suv bor, 
tuganagi tarkibida esa 75% suv va 25% quruq modda bo‘ladi.
Kartoshka tarkibida kraxmal, sifatli oqsil va vitaminlar bo‘lganligi uchun insonning eng 
muxim oziq-ovqat maxsulotlari hisoblanadi. SHuning uchun u ikkinchi non deyiladi. 
Kartoshkadan 200 dan ortiq evropacha ovqat tayyorlash mumkin.
Kartoshkaning po‘sti va yashil rangga kirgan tuganaklari tarkibida zaxarli modda-solanin 
(0,005-0,1%) bo‘lib, kartoshka pishirilganda u qisman parchalanadi. SHuning uchun yashil 
rangga kirgan va ko‘kargan (o‘simta chiqargan) tugunaklarni yaxshilab pishirmasdan oziq-
ovqatga ishlatish va mollarga byerish mumkin emas.
Kartoshka tugunagi spirt, kraxmal, glyukoza, kauchuk olishda va sanoatning boshqa 
tarmoqlarida ishlatiladi. Kartoshka mollar uchun yaxshi oziq hisoblanadi. Organik moddasining 
xazm bo‘lishiga (83-97%) ko‘ra, xashaki lavlagi, turneps va boshqa ildiz mevalar kabi barcha 
o‘simliklar orasida birinchi o‘rinda turadi. Tugunaklari xomligicha, bug‘latib, shuningdek, 
siloslangan xolda mollarga byeriladi. 
Agrotexnikaviy va agroiqtisodiy ahamiyatga ham ega. U ko‘pgina ekinlar-barcha don 
ekinlari uchun yaxshi o‘tmishdosh ekin hisoblanadi. Mamlakatimizning ko‘pgina rayonlarida 


74
shudgorni band qiladigan ekin sifatida ekiladi va kuzgi g‘alla ekinlari uchun yaxshi o‘tmishdosh 
hisoblanadi. 
Kartoshkani vatani Janubiy Amyerika hisoblanadi, bu mintaqada kartoshka bizning 
yeramizdan 1-2 ming yil avval ekib kelingan va uning ko‘pchilik yovvoiiy turlari 
madaniylashtirilgan. Kartoshka XVI-asrda Evropaga, ya’ni Ispaniyaga keltirilgan va undan 
boshqa Evropa mamlakatlariga tarqalgan. Rossiyaga kartoshka Gollandiyadan keltirilgan. XX-
asr boshlarida va undan keyingi yillarda ko‘proq ekilaboshlandi. Kartoshkani tashqi muxitga tez 
moslashishi dunyoda tez tarqalishiga va asosiy oziq-ovqat ekini bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Xozirgi vaqtda kartoshka dunyoning hamma qit’alarida ekiladi. Dunyo bo‘yicha FAO 
ma’lumotlariga qaraganda (1994 yil) da kartoshka 18 mln gektar yerga ekilgan. 
Evropa mamlakatlarida kartoshka ko‘p ekiladi. Dunyo ekin maydonini 35% ini tashkil 
qiladi. Ko‘proq Polsha (2,26 mln.ga), Gyermaniya (yaqin 1 mln.ga) va boshqa mamlakatlarda 
ekiladi. Kartoshka AQSH da ham ko‘p ekiladi. Hamdo‘stlik mamlakatlaridan kartoshka 
Rossiya, Urkaina, Belorussiya va Boltiq bo‘yi mamlakatlarida ekiladi. O‘zbekistonda oxirgi 
yillari kartoshkani ekish maydoni ancha kengaygan va 1998 yil 13,4 ming gektar yerga ekilgan. 
Kartoshka yuqori xosilli ekin. O‘zbekistonda 2004 yilda kartoshka 52,1 ming gektar 
yerga ekilib, 892,7 ming tonna yalpi xosil olindi. Xosildorlik o‘rtacha 17,1 tonna gektarni
tashkil etdi.
Kartoshkaning navlari morfologik va biologik belgilari bilan farq qiladi. O‘zbekistonda 
kartoshkani quyidagi navlari ekiladi: Akrab, Zarofshon, Lorx, To‘yimli, Pikasso, Diamant, 
Voltman. 

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling