Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/68
Sana23.12.2022
Hajmi1.57 Mb.
#1045093
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
Bog'liq
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI

Biologik xususiyatlari. Qand lavlagi o‘sish, rivojlanish sharoitiga juda talabchan 
o‘simlik. Lavlagi urug‘i 2-5
0
S da unib chiqadi, maysalari 6-7
0
S da paydo bo‘ladi, lekin 12-15
0

da qiyg‘os unib chiqadi, maysalari baxorgi 4-5
0
sovuqqa chidashi mumkin. Lavlagi 20-22
0

tempyeraturada yaxshi o‘sadi. Kuzda o‘simlikning o‘sishi 2-4
0
da to‘xtaydi. Gullash davrida 
xarorat 1-2
0
bo‘lsa, o‘simlikni sovuq uradi. Qand lavlagi namga talabchan, qurg‘oqchilikka 
chidamli. Transpiratsiya koeffitsienti 240-400 ni tashkil qiladi. Eng ko‘p miqdordagi suvni tez 
o‘sish davrida, iyul-avgust oylarida talab qiladi. 
Qand lavlagi uzun kun o‘simligi hisoblanadi. Agar yorug‘lik etishmasa, uning 
xosildorligi va shakarning miqdori pasayib ketadi. Qand lavlagining vegetatsiya davri 
hayotining birinchi yili 160-170 kun, ikkinchi yili 100-130 kun davom etadi. Urug‘ unib chiqish 
uchun o‘z vazniga nisbatan 150-170% miqdorda suv talab qiladi. Maysalar paydo bo‘lgandan 
keyin 6-8 kun o‘tgach, birinchi juft chinbarg chiqadi. Birinchi yili 30-60 tagacha barg chiqaradi. 
Birinchi juft barglar paydo bo‘lganda asosiy ildiz yo‘g‘onlasha boshlaydi. 
Qand lavlagi hayotining birinchi yili o‘sishini 50-55 kundan 3 bosqichga bo‘lish 
mumkin: 
1) 
assimilatsiya qiladigan satx va ildiz sistemasining shakllanishi. 
2) 
ildiz va barglarning asosiy o‘sishi. 
3) 
shakarning jadal to‘planishi. 
Qand lavlagi uchun tuproq yeritmasi neytral reaksiyali va mexanikaviy tarkibi qumoq 
to‘plamli, organik moddalarga boy qoratuproq eng yaxshi hisoblanadi. Kam unum qumoq va 
og‘ir soz tuproqli yerlarda lavlagi yaxshi o‘smaydi. Almashlab ekishda qand lavlagi uchun eng 
yaxshi o‘tmishdosh ekin toza shudgorga ekilgan kuzgi ekinlar yoki o‘g‘itlangan band shudgor 
hisoblanadi.
Nam etarli bo‘lgan rayonlar uchun quyidagi almashlab ekish sxemasi tavsiya etiladi: 
1) 
ko‘p yillik o‘tlar-kuzgi ekinlar-qand lavlagi 
2) 
ko‘kat oziq va pichan uchun bir yillik o‘tlar-kuzgi ekin-qand lavlagi 
3) 
ko‘k no‘xat-kuzgi ekinlar-qand lavlagi. 
Nam bilan etarlicha ta’minlanmaydigan rayonlarda aytilgan variantlardan tashqari, toza 
shudgor-kuzgi ekinlar-qand lavlagi almashlab ekish sxemasi qo‘llaniladi. Sug‘oriladigan 
zonalarda ko‘p yillik o‘tlar o‘rniga birinchi yili ekilgan kuzgi va baxorgi bo‘g‘doy qand lavlagi 
uchun yaxshi o‘tmishdosh ekin hisoblanadi. Kuzgi bug‘doy va makkajo‘xori o‘rniga ekish ham 
yaxshi samara byeradi. Almashlab ekishni to‘g‘ri joriy etish qand lavlagi xosildorligini 
gektariga 60-80 s ga oshiradi. 
O‘zbekiston sharoitida yer xaydashdan oldin gektariga 20-40 t chirigan go‘ng, 90 kg 
fosfor va 60 kg kaliy solinadi. Azotli o‘g‘itlar me’yori 200-250 kgga bo‘lganda yaxshi natija 
byeradi. Azotli o‘g‘itlar bo‘linib solinadi: ekish bilan bir vaqtda 20 kg, o‘suv davrida birinchi va 
ikkinchi suvdan oldin 90 kg dan byeriladi.
Qand lavlagi keng qatorlab ekiladi, qator orasi 60-70 sm bo‘ladi, o‘simliklar orasi 12-20 
sm atrofida bo‘ladi. Ko‘p urug‘li navlardan gektariga 20-25 kg, bir urug‘liklarda 12-15 kg 
atrofida ekiladi, ekish chuqurligi 3-4 sm bo‘ladi. Ekish muddati-mart oyi. Ekish muddati 
kechiktirilsa xosil kamayadi va tarkibidagi shakarning miqdori ham kamayadi. Lavlagi o‘suv 
davrida suvni ko‘p sarf qiladi. Bir sentnyer ildiz va barg xosil qilish uchun 120-135 s suv sarf 


79
bo‘ladi. O‘suv davrida tuproq namligini 70% atrofida saqlab turish kyerak. O‘suv davrida 
lavlagi 6-12 martagacha sug‘oriladi, suv sharoitga qarab belgilanadi, xar sug‘orishda gektariga 
600-800 kub metr hisobida sariflanadi. Xar sug‘orishdan keyin qator oralariga ishlov byeriladi. 
Qator orasiga ishlov byerish soni tuproq xolatiga, begona o‘tlar bilan zararlanishiga bog‘liq.
Ildizmevani saqlaydigan usul: chuqurligi 50-70 sm, kengligi 150-200 sm, uzunligi xosil 
miqdoriga qarab tayyorlangan xandaklarga qo‘yib saqlanadi. Lavlagi -3
0
S da muzlaydi, muzlab 
qolgani qayta ishlashga yaramaydi. 
Urug‘ olish uchun birinchi yilgi o‘suv davrida urug‘likbop lavlagi (onalik lavlagi) 
etishtiriladi yoki kech yozda yoki kuzning boshlanishida urug‘ ekib keyingi yil urug‘ 
eg‘ishtiriladi. 

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling