Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI
63 10-MAVZU: DUKKAKLI DON EKINLARINING ASOSIY XUSUSIYATLARI Reja: 1. Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. 2. Dukkakli don ekinlarining botanik xususiyatlari 3. Soya. Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.. Dukkakli don ekinlari dexqonchilikda uchta asosiy vazifani: o‘simlik oqsili masalasini, don etishtirishni ko‘paytirishni va tuproq unumdorligini oshirishni xal etishga yordam byeradi. Dukkakli don ekinlari oqsilning miqdori bilan emas, balki ularning sifati bilan ham farq qiladi. Dukkakli ekinlarning doni mollar uchun qimmatli konsentrat oziq hisoblanadi, pichani, silosi va ko‘kati juda to‘yimli bo‘ladi. Dukkakli don ekinlarining urug‘i, poyasi va bargida donli ekinlarinikiga qaraganda 2-3 baravar ko‘p oqsil bo‘ladi. SHuning uchun em-xashakning oqsil tarkibini yaxshilash maqsadida dukkakli don ekinlari boshqa ekinlarga aralashtirib ham ekiladi. Soya va lyupin urug‘ida oqsil ayniqsa ko‘p 30-50% bo‘ladi. Dukkakli don ekinlarining poxoli va to‘ponida 8-14% gacha, don ekinlari poxolida esa faqat 3-4% oqsil bo‘ladi. Ba’zi dukkakli don ekinlarining urug‘ida odam va xayvonlar uchun zarur bo‘lgan barcha aminokislotalar, shu jumladan, zaruriy aminokislotalar bo‘ladi (lizin, metionin, triptog’an). Urug‘i tarkibida zaruriy aminokislotalarning miqdori va ularning nisbatiga ko‘ra, soya birinchi o‘rinda turadi. Dukkakli don o‘simliklari tarkibidagi oqsil miqdori ularning navi, tuproq-iqlim sharoitiga va agrotexnikaviy xususiyatlariga juda bog‘liq bo‘ladi. Dukkakli don ekinlarining urug‘ida va ayniqsa vegetativ organlarida vitaminlardan (A, V, V 2 , S) ham bo‘ladi. Dukkakli ekinlarning agrotexnikaviy ahamiyati shundaki, ular yerda ko‘p miqdorda organik moddalar to‘playdi, dexqonchilikdagi azot balansini yaxshilaydi va ularning ayrimlari (lyupin, no‘xat va xashaki dukkaklilar) qiyin yeriydigan fosfatlarni o‘zlashtiriladigan shaklga aylantiradi. Dukkakli o‘simliklar ildizlaridagi tuganaklarida bo‘ladigan tuganak baktyeriyalar yordamida atmosfyera azotini biriktirib olib, azot bilan tuproqni boyitadi. M.V.Fedorov ma’lumotlariga ko‘ra, lyupin 400 kg gacha, beda 150 kg, yung‘ichqa 130 kg, no‘xat va vika 100 kg, soya 150 kg atmosfyera azotini o‘zlashtiradi. Dunyo dexqonchiligida dukkakli don ekinlari 135 mln gektar atrofida ekiladi. Dukkakli don ekinlari Xindiston, Xitoy va Amyerikada keng tarqalgan. Respublikamizda dukkakli don ekinlari 1998 yili 22,2 ming ga atrofida ekiladi. O‘zbekistonda ko‘proq mosh, jaydari no‘xat, soya, oddiy no‘xat, loviya ekiladi. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling