Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kartoshka
73 13-MAVZU: TUGANAK VA ILDIZ MEVALI EKINLAR Reja: 1. Tuganak mevalilar xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. 2. Kartoshka ekinlarining botanik va biologik xususiyatlari 3. Ildizmevali ekinlar ekinlarining botanik va biologik xususiyatlari 4. Qand lavlagi ekinlarining botanik va biologik xususiyatlari Bu guruxga xar xil tur va oilaga mansub tuganak meva xosil qiladigan o‘simliklar kiradi. Tuganak mevalilar oziq-ovqat sanoatida, em-xashak tayyorlashda va texnik xomashyo sifatida ishlatiladi. Tuganak mevalar yer osti poyalarida yoki ildizlarida 5-20 sm chuqurlikda rivojlanadi. Tuganakmevalilar qator orasiga ishlov byeriladigan ekinlar bo‘lganligi sababli almashlab ekishda katta ahamiyatga ega. Jaxonda tuganakmevali o‘simliklardan quyidagilar ekiladi: 1. Kartoshka - SolanumtubyerosumL. oilasi- Solanaceae 2. Batat - Ipomaea batatus Lam. oilasi- Convolvulaceael 3. Topinambur - Helianthus tubyerosus L. oilasi - Astyeraceae vaxokazolar. Bu ekinlar xar xil oilaga mansub bo‘lgani bilan ularning tuganak mevasi bir-biriga yaqin, tarkibida quruq moda kam, shu bois yaxshi saqlanmaydi. Tuganak mevali ekinlarni etishtirish texnologiyasi bir-biriga yaqin, chunki ularning barchasi qatororasiga ishlov byeriladigan ekinlardir. Jaxonda tuganak mevali o‘simliklar orasida eng ko‘p tarqalgani kartoshka o‘simligidir. Tuganak mevali ekinlardan Respublikamizda asosan kartoshka, qisman topinambur-yernoki va batat (shirin kartoshka) ekiladi. Kartoshka Xalqxo‘jaligidagiahamiyati. Kartoshka xalq xo‘jaligida oziq-ovqat, em-xashak, texnik ahamiyatga ega. Dunyo dexqonchiligida kartoshka sholi, bug‘doy va makkajo‘xori bilan bir qatorda etakchi o‘rinni egallaydi. Kartoshka tuganagi tarkibida 25% gacha quruq moddalar, shujumladan, kraxmal 14-22%, oqsil 1,4-3,0%, kletchatka-1,0, yog‘-0,3% va 0,8-1,0% kulmoddalaribo‘ladi. Kartoshka vitamin S va V gruppa vitaminlariga boy. Xom tuganagi tarkibida S vitamini miqdori 40 mg ga etadi. Kartoshkaning yosh poyasi tarkibida 84% suv bor, tuganagi tarkibida esa 75% suv va 25% quruq modda bo‘ladi. Kartoshka tarkibida kraxmal, sifatli oqsil va vitaminlar bo‘lganligi uchun insonning eng muxim oziq-ovqat maxsulotlari hisoblanadi. SHuning uchun u ikkinchi non deyiladi. Kartoshkadan 200 dan ortiq evropacha ovqat tayyorlash mumkin. Kartoshkaning po‘sti va yashil rangga kirgan tuganaklari tarkibida zaxarli modda-solanin (0,005-0,1%) bo‘lib, kartoshka pishirilganda u qisman parchalanadi. SHuning uchun yashil rangga kirgan va ko‘kargan (o‘simta chiqargan) tugunaklarni yaxshilab pishirmasdan oziq- ovqatga ishlatish va mollarga byerish mumkin emas. Kartoshka tugunagi spirt, kraxmal, glyukoza, kauchuk olishda va sanoatning boshqa tarmoqlarida ishlatiladi. Kartoshka mollar uchun yaxshi oziq hisoblanadi. Organik moddasining xazm bo‘lishiga (83-97%) ko‘ra, xashaki lavlagi, turneps va boshqa ildiz mevalar kabi barcha o‘simliklar orasida birinchi o‘rinda turadi. Tugunaklari xomligicha, bug‘latib, shuningdek, siloslangan xolda mollarga byeriladi. Agrotexnikaviy va agroiqtisodiy ahamiyatga ham ega. U ko‘pgina ekinlar-barcha don ekinlari uchun yaxshi o‘tmishdosh ekin hisoblanadi. Mamlakatimizning ko‘pgina rayonlarida 74 shudgorni band qiladigan ekin sifatida ekiladi va kuzgi g‘alla ekinlari uchun yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi. Kartoshkani vatani Janubiy Amyerika hisoblanadi, bu mintaqada kartoshka bizning yeramizdan 1-2 ming yil avval ekib kelingan va uning ko‘pchilik yovvoiiy turlari madaniylashtirilgan. Kartoshka XVI-asrda Evropaga, ya’ni Ispaniyaga keltirilgan va undan boshqa Evropa mamlakatlariga tarqalgan. Rossiyaga kartoshka Gollandiyadan keltirilgan. XX- asr boshlarida va undan keyingi yillarda ko‘proq ekilaboshlandi. Kartoshkani tashqi muxitga tez moslashishi dunyoda tez tarqalishiga va asosiy oziq-ovqat ekini bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Xozirgi vaqtda kartoshka dunyoning hamma qit’alarida ekiladi. Dunyo bo‘yicha FAO ma’lumotlariga qaraganda (1994 yil) da kartoshka 18 mln gektar yerga ekilgan. Evropa mamlakatlarida kartoshka ko‘p ekiladi. Dunyo ekin maydonini 35% ini tashkil qiladi. Ko‘proq Polsha (2,26 mln.ga), Gyermaniya (yaqin 1 mln.ga) va boshqa mamlakatlarda ekiladi. Kartoshka AQSH da ham ko‘p ekiladi. Hamdo‘stlik mamlakatlaridan kartoshka Rossiya, Urkaina, Belorussiya va Boltiq bo‘yi mamlakatlarida ekiladi. O‘zbekistonda oxirgi yillari kartoshkani ekish maydoni ancha kengaygan va 1998 yil 13,4 ming gektar yerga ekilgan. Kartoshka yuqori xosilli ekin. O‘zbekistonda 2004 yilda kartoshka 52,1 ming gektar yerga ekilib, 892,7 ming tonna yalpi xosil olindi. Xosildorlik o‘rtacha 17,1 tonna gektarni tashkil etdi. Kartoshkaning navlari morfologik va biologik belgilari bilan farq qiladi. O‘zbekistonda kartoshkani quyidagi navlari ekiladi: Akrab, Zarofshon, Lorx, To‘yimli, Pikasso, Diamant, Voltman. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling