Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc


-§. Ichki ishlar organlari xodimlarini xizmatdan


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/62
Sana11.01.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1088526
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   62
Bog'liq
pdf mehnat.docx

3-§. Ichki ishlar organlari xodimlarini xizmatdan 
bo‘shatish tartibi 
 
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xizmatiga qayta qabul 
qilish yoki tiklash haqidagi arizalar vazirlikning me’yoriy hujjatlari 
asosida quyidagicha amalga oshiriladi: dastlab, xizmatga qayta qabul 
qilish yoki tiklash haqidagi ariza Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmatiga 
(tizimlariga) tushganidan so‘ng, ushbu ariza bilan bevosita 
shug‘ullanuvchi inspektor tomonidan ariza muallifining arxiv shaxsiy 
hujjatlari yig‘ma jildi har tomonlama chuqur o‘rganiladi. Bunda ichki 
ishlar organlaridan bo‘shatilish sabablari va unga asos bo‘lgan hujjatlarga 
ko‘proq e’tibor qaratiladi. 
Ichki ishlar organining sobiq xodimi qanday modda bilan bo‘shatilgan 
bo‘lmasin, atroflicha o‘rganilib, zarur hujjatlar to‘plan- ganidan so‘ng, uni 
ichki ishlar organlariga qayta qabul qilish, ya’ni tiklash haqida yoki lozim 
topilmaganligi bo‘yicha xulosa chiqariladi. Ba’zi hollarda, chuqur 
o‘rganishlardan so‘ng, istisno tariqasida rozilik 


102 
berish to‘g‘risida xulosa bilan rahbariyatga murojaat etiladi. Sobiq 
xodimga jinoiy javobgarlikka tortilishi munosabati bilan bo‘shatilgan 
holatlarda, sud hukmining qaroriga muvofiq, me’yoriy hujjatlar talabi 
doirasida qarordagi ilgari egallagan lavozimiga yoki teng lavozimga 
tiklash haqidagi hamda yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi 
bandlarga e’tibor qaratiladi. 
Vazirlikning amaldagi me’yoriy hujjatlari talablariga asosan ushbu 
arizalarni ko‘rib chiqish qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazish lozim bo‘lmagan 
hollarda 15 kun, shaxsiy hujjatlar chaqirtirilishi va atroflicha o‘rganish 
hamda qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazilish lozim bo‘lganida esa 30 kun 
qilib belgilangan. Arizani ko‘rib chiqish muddati u qayd etilgan kundan 
hisoblanadi va bu ko‘rsatilgan muddat ichida arizachiga javob berilishi 
shart. Ariza o‘rnatilgan muddat ichida hal etilmay qolgan taqdirda, 
bevosita ijro etuvchi inspektor mas’ul rahbariga arizani ko‘rib chiqish 
muddatini uzaytirish to‘g‘risida bildirgi bilan murojaat etadi va bu haqida 
arizachiga xabar qiladi, bunda umumiy ko‘rib chiqish muddati ikki oydan 
oshmasligi kerak. 
Katta boshliqlar tarkibining unvonlari ichki ishlar organlarida 
xizmatni o‘tash haqidagi muvaqqat Nizom va vazirlik buyrug‘ining 
talablari asosida xodimlarga quyidagi hollarda beriladi: 
1) katta va yuqori boshliqlar tarkibining unvonlari oliy ma’lumotga 
ega bo‘lgan xodimlarga beriladi; 
2) «kapitan» maxsus unvoniga ega bo‘lgan va shu unvon muddatini 
o‘tagan xodimlarga navbatdagi unvon sifatida, agar ularning egallab turgan 
lavozimi unvoni pog‘onasi to‘g‘ri kelgan va yuqori bo‘lgan taqdirda; 
3) Nizomning 20-moddasiga muvofiq, egallab turgan lavozim unvoni 
pog‘onasidan bir pog‘ona yuqori rag‘batlantirish tariqasida; 
4) ichki ishlar organlarida avval ishlab ketgan shaxslarning bo‘shagunga 
qadar «mayor» maxsus unvoni bo‘lsa, ular yana ichki ishlar organlariga qabul 
qilinganlarida o‘sha maxsus unvonlar qayta tiklanib beriladi; 
5) Mudofaa vazirligi tizimi, Milliy xavfsizlik xizmatidan ichki ishlar 
organlariga xizmatni davom ettirish uchun kelgan xodimlar mavjud 
unvonlari saqlangan holda, ichki ishlar organlariga qabul qilinadilar; 
6) Ichki ishlar vazirining vakolati bilan «kapitan» maxsus unvoniga 
ega bo‘lgan xodimlarga navbatdagi unvon sifatida, ichki ishlar organlari 
safidan bo‘shatilayotgan bir vaqtda rag‘batlantirish tariqasida, agarda 
ularning nafaqaga chiqish imkonini beradigan xizmat faoliyati 20 yil yoki 
undan ortiq bo‘lgan va salbiy asoslar bilan bo‘shatilmayotgan 


103 
bo‘lsa, egallagan lavozimi va ma’lumotidan qat’i nazar, «mayor» max- sus 
unvoni beriladi; 
7) O‘zbekiston Respublikasi IIVning tergov sohasida uzluksiz 15 yil va 
undan ortiq xizmat qilgan xodimlarga «mayor» maxsus unvoni beriladi. 
O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar organlarida xizmat o‘tash 
tartibi haqidagi muvaqqat Nizomning 65-bandiga ko‘ra, oddiy va kichik 
boshliqlar tarkibi quyidagi hollarda zaxiraga bo‘shatilishlari mumkin: 
1) Nizomning 6-bandiga muvofiq, erkaklar 50, ayollar esa 45 
yoshdan – yoshiga binoan; 
2) kasalligi tufayli – tibbiy ko‘rikning xulosasiga binoan; 
3) sog‘lig‘i cheklanganligi tufayli; 
4) shartnoma muddatiga binoan; 
5) shahodatlash tartibida xizmatga noloyiqligi tufayli; 
6) IIV intizomiy Nizom talablarini buzganligi; 
7) shaxsiy iltimosiga ko‘ra; 
8) shtatlarning qisqarganligi tufayli. 
Nizomning 66-bandi bo‘yicha oddiy va boshliqlar tarkibidagi 
xodimlarni xizmatdan bo‘shatish hollari: 
1) zaxiraga (harbiy hisobga qo‘yish bilan), agar xizmatdan 
bo‘shatish yoshiga yetmagan bo‘lsa; 
2) otstavkaga (harbiy hisobdan o‘chirish bilan), agar qonunda 
ko‘rsatilgan yoshga yetgan bo‘lsa, amalga oshiriladi. 
Nizomning 67-bandiga asosan o‘rta, katta va yuqori boshliqlar 
tarkibidagi xodimlar zaxiraga quyidagicha bo‘shatiladilar: 
1) yoshiga ko‘ra – podpolkovnikkacha 50, polkovniklar 55, yuqori 
boshliqlar tarkibi 60 yoshdan; 
2) kasalligi tufayli – tibbiy ko‘rikning xulosasiga ko‘ra; 
3) shtatlar qisqarishi munosabati bilan, agar olib qolishning imko- 
niyati bo‘lmasa; 
4) sog‘lig‘i cheklanganligi tufayli boshqa ish berish imkoniyati 
bo‘lmasa; 
5) shahodatlash tartibida, xizmatga noloyiqligi uchun; 
6) boshqa vazirlik va qo‘mitaga xizmatga o‘tganligi tufayli; 
7) shaxsiy iltimosiga ko‘ra; 
8) sinov muddatida xizmatga noloyiq bo‘lsa. 
Nizomning 68-bandiga binoan, oddiy va boshliqlar tarkibi harbiy 
hisobdan o‘chirish bilan otstavkaga chiqishi mumkin: 


104 
1) yoshiga ko‘ra – unvoni bo‘lib, amaldagi qonunlarga binoan 
zaxirada bo‘lib, ma’lum yoshga yetgan bo‘lsa; 
2) kasalligi tufayli – tibbiy ko‘rikning harbiy hisobdan o‘chirish 
sharti bilan xizmatga noloyiq degan xulosasi bo‘lsa. 
Nizomning 69-bandiga ko‘ra, oddiy va boshliqlar tarkibidagi 
xodimlar o‘z sha’nini obro‘sizlantiradigan xatti-harakatlar sodir etgan 
taqdirda (jinoyat sodir etganda va h.k.), IIVning intizomiy nizomiga 
muvofiq, ichki ishlar organlari xizmatidan bo‘shatiladilar. Bulardan 
tashqari, Nizomning 70-bandiga asosan oddiy va boshliqlar tarkibi sodir 
etgan jinoyatlari uchun sud tomonidan hukm chiqarilishi munosabati bilan 
ham ichki ishlar organlari xizmatidan bo‘shatiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan 
xodimlarga pensiya va nafaqalar tayinlash amaldagi qonun hujjatlarining 
talablari asosida amalga oshiriladi. Bunda xodimlarning ichki ishlar 
organlaridagi xizmat faoliyati (imtiyozli davrlari hisobga olingan holda) 
20 yilni tashkil etishi yoki yoshi 50 ga to‘lgan bo‘lib, umumiy ish faoliyati 
25 yilni tashkil etishi, shundan kamida teng yarmi, ya’ni 12,5 yil ichki 
ishlar organlarida xizmat qilgan bo‘lishi kerak. 
Pensiya va nafaqa tayinlash ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan 
kundan hisoblanadi. Bundan tashqari, halok bo‘lgan xodimlarning oila 
a’zolariga boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi tayinlanadi. Xodim xizmat 
vazifasini bajarayotgan vaqtda halok bo‘lgan bo‘lsa, balog‘atga yetmagan 
oila a’zolarining har biriga 40§, agar uning o‘limi xizmat burchini bajarish 
vaqtidan tashqarida deb hisoblansa, balog‘atga yetmagan oila a’zolarining 
har biriga 30§ miqdorida nafaqa tayinlanadi. 
Ichki ishlar organlari xodimlarining hujjatlarini pensiya va nafaqaga 
rasmiylashtirish vazirlik va joylardagi ichki ishlar boshqarmalarining 
shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling