Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc
- §. Ichki ishlar idoralariga xizmatga qabul qilishning
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
pdf mehnat.docx
3-
§. Ichki ishlar idoralariga xizmatga qabul qilishning o‘ziga xos xususiyatlari 1993-yil 8-yanvarda O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan 16-sonli «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi haqidagi muvaqqat Nizom» tasdiqlandi. Ana shu g‘oyatda muhim normativ hujjatning tasdiqlanishi O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A. Karimov va respublika hukumatining ichki ishlar organlari bundan buyon ham yetuk, har tomonlama tayyorgarlik ko‘rgan, respublika va xalqqa sadoqatli, konsti- tutsiyaviy tuzumni himoya qilishga qodir kadrlar bilan mustahkamlash to‘g‘risidagi g‘amxo‘rligining yorqin isboti bo‘ldi. Respublika ichki ishlar organlarini kadrlar bilan ta’minlash muammolari muvaqqat Nizomni ishlab chiqish paytida hisobga olindi va unda o‘z ifodasini topdi. Asosiy e’tibor shaxsiy tarkibning xizmatni o‘tash tartibini normativ asosda boshqarishni takomillashtirish, kadrlar tanlashning sifat darajasini oshirish imkoniyatlarini o‘rganish, xizmatda o‘sishni rag‘batlantirish, shahodatlash chog‘ida xodimlarning kasb mahoratlariga xolis baho berilishini, shuningdek oddiy xodimlar va boshliqlarning xizmatda ko‘tarilishi va bo‘shatilishi paytida qonu- niylikka amal qilinishini ta’minlash, ichki ishlar organlari xodimlarining ijtimoiy himoyalanishini kuchaytirish masalalariga qaratildi. Endilikda ichki ishlar organlari O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga kirgan, lekin 30 yoshdan katta bo‘lmagan fuqarolaridan ko‘ngilli (shartnomaviy) asosda butlanadi, bunda ular, albatta, tanlovdan o‘tadilar. Ular asosan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining bitiruvchilari, Qurolli kuchlarning zaxiraga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilari va o‘z shaxsiy tabiati, axloqiy, kasbiy xususiyatlari, sog‘lig‘i, ma’lumot darajalari bilan ichki ishlar organlari zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishga qodir bo‘lishlari shart. 75 Ichki ishlar organlarining saf bo‘linmalariga bo‘yi 170 sm dan kam bo‘lmagan erkaklar, 165 sm dan kam bo‘lmagan xotin-qizlar qabul qilinadilar, ma’muriy-xo‘jalik, ishlab chiqarish, reja-iqtisod, muhan- dislik-texnika va tibbiy bo‘linmalarda o‘rta va katta boshliq lavozim- lariga xizmatda bo‘lishning eng so‘nggi yoshiga (50 yosh) yetganida, xizmat qilgan yillari uchun nafaqaga chiqish huquqiga ega bo‘la oladigan 35 yoshgacha bo‘lgan kishilarni qabul qilishga ijozat berilgan. Ichki ishlar vazirligining oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga o‘qishga 17 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan, o‘rta ma’lumotli, xizmatga kiruvchi nomzodlarga qo‘yiladigan talablarga to‘la javob bera oladigan fuqarolar, ichki ishlar organlari xodimlari orasidan esa 25 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari qabul qilinadilar. Qurolli kuchlar safiga chaqiriluvchilar ichki ishlar organlariga xizmat qilishga qabul qilinmaydilar, IIV tizimidagi o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilish bundan istisnodir. Hozirgi paytda ichki ishlar organlarining har bir xodimi shaxsiy xulq- atvorda, tirishqoqlik va mehnatsevarlikda boshqalarga o‘rnak bo‘lishdan tashqari, u yoki bu lavozimga ko‘tarilish uchun muayyan kasbiy qobiliyatni namoyish qilish kerakligi to‘g‘risidagi adolatli fikr- mulohazalarni tez-tez eshitish mumkin. Nomzodning qanday bo‘linmada xizmat o‘tashini, undan qanday yo‘nalishdagi ishda foydalanishni aniqlash va shunga muvofiq xizmat vazifalarini bajarishga kirishishdan oldin u ixtisoslik bo‘yicha qanday bilimlarga ega bo‘lishini yanada aniqroq belgilashning imkoniyati paydo bo‘ladi. Hozirda xorijda politsiya (militsiya) xizmatiga nomzodlarni tanlab olish uchun psixologiya va boshqa fanlarning yutuqlaridan faol foydalanilmoqda. Misol tariqasida bir qator mamlakatlarda politsiyaga kiruvchilarga qo‘yiladigan ba’zi talablarni keltirib o‘tish mumkin. AQSHda jismonan puxta rivojlanganlik, hissiy, axloqiy barqarorlik, kuchli xarakter zarur. Finlyandiyada barcha nomzodlar ziyraklik, e’tiborlilik va voqea-hodisalarga munosabat bildiruvchanlik bo‘yicha majburiy tartibda o‘ziga xos ruhiy sinovlardan o‘tadilar. Shundan so‘ng, ular jismoniy tarbiyaga oid imtihon topshiradilar. Yaponiyada shu singari ruhiy va jismoniy imtihonlardan so‘ng, bo‘lg‘usi xodim xarakterining o‘ziga xos xususiyatlari sinchiklab o‘rganiladi. Turkiyada esa bulardan tashqari, nomzodda spirtli ichimliklarga, qartabozlikka va kishining 76 qadr-qimmatini yerga uruvchi boshqa illatlarga moyillikning bor-yo‘qligi ham aniqlanadi. Hayot shaxsiy tarkib bilan ishlashda sotsiologik tadqiqotlar, yuz berayotgan jarayonlarni chuqur tahlil qilish, bashorat qilish kabi zamonaviy ilmga asoslangan usullar hamda psixologiya va pedagogika fanlarining yutuqlaridan keng foydalanishni qat’iyat bilan talab qilmoqda. Hozirgi vaqtda IIVning Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati mamlakatimizda ichki ishlar organlarida xizmat qilish xohishini bildirgan fuqarolarning o‘ziga xos xususiyatlarini ilmiy asoslangan ravishda tekshirish va baholashning mavjud tajribasini diqqat bilan o‘rganmoqda, shaxsiy tarkib bilan ishlashning ilg‘or shakl va usullarini tatbiq etishga doir choralarni ko‘rmoqda. Mavjud shakl va usullardan bevosita yangi xodimlarni tanlab olish sifatini yaxshilashda foydalanilmoqda. Ana shu maqsaddan kelib chiqib, muvaqqat Nizomda nomzodlarni xizmatga ijtimoiy, tibbiy mezonlar va ma’lumot darajasi bo‘yicha kasbiy jihatdan tanlash ko‘zda tutilgan. Respublika ichki ishlar organlari tarkibining oddiy xodimlari va kichik boshliqlari tanlov sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan kishilardan butlanadi, bu ham shartnoma shartlarida ko‘zda tutilgan. Muvaqqat Nizomda oddiy xodimlar va kichik boshliqlar tarkibini butlashning shartnoma (kontrakt) normasining joriy etilishi ana shu toifaga mansub fuqarolarni xizmatga tanlab olish tartibini huquqiy himoyalash va demokratiyalashga yordam berishi kerak. Bu esa shartnoma tuzuvchi tomonlarning shartnoma shartlaridan kelib chiqadigan o‘zaro mas’uliyatini oshiradi, bevosita boshliqlarning ularga bo‘ysunuvchi xodimlarga nisbatan noxolis bo‘lish ehtimolini bir qadar darajada kamaytirish imkonini beradi va pirovardida ichki ishlar organlarida kadrlarning barqaror o‘zagini yaratishga negiz bo‘lib xizmat qiladi. Xo‘sh, shartnoma va uning mazmuni qanday bo‘lishi kerak? Ichki Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling