Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
pdf mehnat.docx
Bevosita ishbay tizimida mehnat haqi ishlab chiqarilgan mahsulotga
to‘g‘ridan to‘g‘ri mutanosib, o‘zgarmas baholar bo‘yicha to‘lanadi. Bilvosita ishbay tizimi yordamchi ishchilarga haq to‘lash uchun qo‘llaniladi, bunda ular o‘zlari mahsulot ishlab chiqarmaydilar, ammo boshqalar ishlab chiqargan mahsulot miqdori ko‘p jihatdan ularning ishiga (masalan, sozlovchilar, kranchilar) bog‘liq bo‘ladi. Ular ishbay asosida ishlovchi asosiy xodimlar ishlab chiqargan mahsulot birligi uchun ish haqi oladilar. Akkord tizim qo‘llanilganda, to‘lanadigan haq miqdori alohida bajarilgan har bir ish uchun emas, balki haq to‘lanadigan vaqt mobaynida bajarilgan muayyan ish haqi uchun belgilanadi. Bu tizimdan asosan qurilishda foydalaniladi. Bulardan tashqari, yana mehnatga brigada bo‘yicha haq to‘lash usuli ham mavjud. Bunda alohida olingan har bir xodimning ish haqi butun brigadaning ish natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Ish haqi to‘lashning mukofot tizimi ham mavjud. Mukofot tizimi – bu ish haqining asosiy tizimlarida ko‘zda tutilmagan mehnat natijalariga qarab, moddiy rag‘batlantirish shaklidir. Mukofotlar, yuqorida qayd qilib o‘tilganidek, ish haqining qo‘shimcha, o‘zgarib turadigan qismi bo‘lib, uning miqdori, odatda, aniq ko‘rsatkichlarning bajarilishiga bog‘liq va asosiy maoshga nisbatan foiz hisobidan belgilanadi. Mukofotlar o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqishda hisobga olinmaydi, ammo mehnat daftarchasiga yozib boriladi. Mukofotlar ish haqi fondi va moddiy rag‘batlantirish fondi hisobidan to‘lanadi. Yillik ish yakuniga ko‘ra mukofot puli berilishi mumkin. U rag‘batlantirishning o‘ziga xos mustaqil shakli bo‘lib, moddiy rag‘batlantirish fondi hisobidan to‘lanadi. Mehnat qonunlarida ish vaqtidan ortiq ishlash nazarda tutilgan. Ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida 2 hissa miqdorida haq to‘lanadi. Xodimning iltimosiga ko‘ra ish vaqtidan ortiq ishlagan soatlar soniga teng miqdorda dam olish muddati berilishi mumkin. Bunday holda bir hissa miqdorida haq 118 to‘lanadi. Tungi vaqtdagi ishning har bir soati uchun kamida 1,5 baravar miqdorda haq to‘lanadi, bunday haq jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib, belgilanadi. Xodimning aybisiz yaroqsiz mahsulot tayyorlanganda va bekor turib qolingan vaqtda, uning o‘rtacha ish haqi saqlanadi. Xodimning aybi bilan tayyorlangan qisman yaroqsiz mahsulot uchun kamaytirilgan ishbay baholar bo‘yicha haq to‘lanadi. Xodimning aybi bilan tayyorlangan to‘liq yaroqsiz mahsulot va bekor turib qolingan vaqt uchun haq to‘lanmaydi. Bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish doirasining kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi, o‘zining asosiy ishi bilan bir qatorda ishda vaqtincha bo‘lmagan xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun, shuningdek o‘rindoshlik asosida ish bajarilganida, xodimlarning ish haqi miqdori mehnat shartnomasining taraflari o‘rtasidagi kelishuvga binoan amalda bajarilgan ish yuzasidan belgilanadi. Mehnatga haq to‘lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanadi va har yarim oyda bir marta to‘lanadi, ammo boshqa xodimlarning ayrim toifalari uchun bu muddatlar boshqacha bo‘lishi mumkin. Ish haqi to‘lashning avans va avanssiz tartiblari mavjud. Birinchi holda xodim oyning birinchi yarmi uchun avans oladi, oyning ikkinchi yarmi uchun esa u bilan uzil kesil hisob-kitob qilinadi. Umumiy qoidaga ko‘ra, xodimning yozma roziligi bilan, bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda esa, sudning qaroriga asosan mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin. Quyidagi hollarda xodimning roziligidan qat’i nazar, mehnat haqidan ushlab qolinadi: – O‘zbekiston Respublikasida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish uchun; – sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun; – ish haqi hisobiga berilgan avansni ushlab qolish, hisob-kitobdagi yanglishishlar natijasida ortiqcha to‘langan pulni qaytarib olish uchun; – xizmat safarlari yoki boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan, xo‘jalik ehtiyojlariga berilgan bo‘lib, sarflanmay qolgan va o‘z vaqtida qaytarilmagan avansni ushlab qolish uchun. Bunday hollarda avansni qaytarish, qarzni to‘lash va hokazo uchun belgilangan muddat tamom bo‘lgan kundan boshlab kamida 1 oy o‘tmasdan avans yoki qarzni ushlab 119 qolish haqida farmoyish berilishi mumkin. Agar bu muddat o‘tib ketgan bo‘lsa, u holda qarz faqat sud tartibida undiriladi; – hisobdan xodim ta’til olib bo‘lgan ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor qilinganda, ta’tilning ishlanmagan davrga tegishli kunlari uchun; – xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning o‘rtacha oylik ish haqidan ortiq bo‘lmasa; – o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarimani undirish uchun. Ish haqini har gal to‘lash vaqtida ushlab qolinadigan haqning umumiy miqdori xodimga tegishli bo‘lgan mehnat haqining 50 foizidan ortib ketmasligi lozim. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling