Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc


-§. Mehnatga haq to‘lash va uning tizimi


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/62
Sana11.01.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1088526
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   62
Bog'liq
pdf mehnat.docx

3-§. Mehnatga haq to‘lash va uning tizimi 
(MK 153–156-m.) 
 
Ish haqi ish beruvchining o‘z xodimlariga ularning mehnati uchun 
to‘lashi shart bo‘lgan haq shaklidir. Mehnat haqining miqdori ish 
beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat 
haqi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lishi 
mumkin emas va uning eng ko‘p miqdori biron-bir tarzda cheklanmaydi. 
Ish haqi asosiy va qo‘shimcha qismlardan iborat. Asosiy qism ish 
haqining nisbatan doimiy qismi hisoblanadi. Unga tarif bo‘yicha 
belgilangan maosh, ustama va qo‘shimcha haqlar muayyan muddatga 
belgilanadi hamda ish yomonlashgan taqdirda, bekor qilinadi. 
Qo‘shimcha qismga yil yakunlariga ko‘ra mehnatning natijalari uchun 
beriladigan mukofot va rag‘batlantirishlar kiradi. Ish haqini huquqiy 
jihatdan tartibga solib turishning ikki: davlat va mahalliy turlari mavjud. 
Davlat tomonidan tartibga solish – davlat hokimiyati va boshqaruv 
organlari tomonidan mehnatga haq to‘lashning umumiy shartlari 
belgilanishidan iborat. 
Mahalliy tartibga solish – huquq qoidalarida mehnatga haq to‘lash 
shartlarini belgilashdan iborat bo‘lib, ular ish beruvchi tomonidan kasaba 
uyushma qo‘mitasi bilan birgalikda o‘zlariga berilgan huquqlar doirasida 
ishlab chiqiladi. 
Mehnat kodeksida belgilanishicha, muayyan muddat uchun 
belgilangan ish vaqtini to‘liq ishlab bergan va o‘zining mehnat 
vazifalarini, mehnat normalarini bajargan xodimning mehnat haqi, u 
ishlayotgan korxona mulkchilikning qaysi shaklida ekanligidan qat’i 
nazar, respublika qonunlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz 
bo‘lmasligi lozim. 
Haq to‘lashda tarif stavkalari, maoshlar, tarifsiz tizimni asos qilib 
olishni ish beruvchining o‘zi mustaqil hal qiladi. Tarif stavkalari
maoshlar, mukofotlar, boshqa xil rag‘batlantirish to‘lovlari, shuningdek 
xodimlarning ayrim toifalari o‘rtasida ularning miqdori nisbati haqidagi 
masalalarni hal etish huquqi ish beruvchining o‘ziga berilgan. Uning bu 
haqdagi qarori yo jamoa shartnomasida yoki boshqa xil normativ 
hujjatlarda o‘z ifodasini topgan bo‘lishi kerak. 
Tabiiy iqlim va turmush sharoitlari noqulay bo‘lgan joylarda mehnat 
haqiga tuman koeffitsiyentlari va ustamalar belgilanadi. Tuman 


116 
koeffitsiyentlari va ustamalar joriy qilinadigan joylarning ro‘yxati, 
shuningdek ularning qo‘llanishi tartibi va miqdori O‘zbekiston 
Respublikasining Hukumati tomonidan belgilanadi. 
Mehnatga haq to‘lash shartlari qaysi tartibda o‘rnatilgan bo‘lsa, o‘sha 
tartibda o‘zgartiriladi. Mehnatga haq to‘lashning yakka shartlarini xodim 
uchun noqulay tomonga o‘zgartirishga uning roziligisiz yo‘l qo‘yilmaydi. 
Istisno tariqasida bunday o‘zgartirishga: 
texnologiyada, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishda 
o‘zgarishlar yuz bergan taqdirda, basharti mehnatga haq to‘lashning 
avvalgi shartlarini saqlab qolish mumkin bo‘lmasa; 
– qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda yo‘l qo‘yilishi mumkin. 
Mehnat haqi shartlarini o‘zgartirish haqida xodim kamida 2 oy oldin 
ogohlantirilishi lozim. 
Mehnatni normalash deganda, har bir xodim alohida yoki brigada 
mahsulot birligini bajarishi uchun zarur bo‘lgan mehnat (vaqt) sarfini 
belgilashdan iborat. 
Mehnatni normalashning quyidagi turlari mavjud: 
a) vaqt normasi; 
b) ishlab chiqarish normasi; 
d) xizmat ko‘rsatish normasi; 
e) xodimlar soni normasi; 
f) normalangan topshiriq. 
Ish haqi tizimi deyilganda, mehnat me’yori bilan mehnat uchun 
to‘lanadigan haq miqdori o‘rtasida nisbat belgilash usuli tushuniladi. 
Mehnatni hisobga olib borish qanday usulda amalga oshirilishiga qarab, 
xodimlarga vaqt va tayyorlangan mahsulot miqdori bilan ish haqi 
to‘lashning vaqtbay va ishbay tizimi qo‘llaniladi. 
Vaqtbay tizimida mehnatga haq haqiqatda ishlangan vaqt – soat, kun, 
oy uchun to‘lanadi, shuning uchun ham bu soatbay, kunbay, oy uchun 
mehnat haqi to‘lash deb ataladi. Xodimlarning asosiy qismi oylik lavozim 
maoshlari oladi. 
Ish haqi to‘lashning ishbay tizimida xodimning mehnatiga u ishlab 
chiqargan har bir mahsulot birligi uchun ishbay baholar bo‘yicha haq 
to‘lanadi. Bu tizim qo‘llanilganda, xodimning ish haqi u qancha yaroqli 
mahsulot ishlab chiqarganiga yoki qancha ishni bajarganligiga bog‘liq 
bo‘ladi. Ishbay ishlovchi xodimning ish haqi qilingan ishlarni haq 
to‘lanadigan davr mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot birliklari 


117 
soniga ko‘paytirish orqali belgilanadi. Ishbay asosida haq to‘lashning 
quyidagi turlari mavjud: 
– bevosita ishbay; 
– bilvosita ishbay; 
– ishbay progressiv; 
– akkord tizimi. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling