Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
pdf mehnat.docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-mavzu MEHNAT MUHOFAZASI 1- §. Mehnat muhofazasi tushunchasi va uning ahamiyati (MK 211–213-m.)
Savol va topshiriqlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mehnat huquqiga taalluqli normalarini aytib bering. 2. Mehnat huquqi manbalarining mohiyati va ularning amal qilish doirasini tushuntiring. 3. Jamoa shartnomalari va kelishuvlarning tuzilish tartibi va mazmunini aytib bering. 4. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzish tartibini belgilovchi qanday normativ hujjatlarni bilasiz? 5. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qanday javobgarlik belgilanadi? 142 8-mavzu MEHNAT MUHOFAZASI 1- §. Mehnat muhofazasi tushunchasi va uning ahamiyati (MK 211–213-m.) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasiga ko‘ra, «Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi». Bundan ko‘rinib turibdiki, xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarida ishlash fuqarolarning eng muhim konstitutsiyaviy huquqlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi 1993-yil 6-may qonunining 4-moddasida mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati asosiy prinsiplari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, ularning ichida eng asosiysi sifatida – bu korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligidir. Xodim, uning hayoti va salomatligi birinchi darajali bo‘lib, korxona, ish beruvchining manfaatlari esa ikkinchi darajalidir. Mehnatni muhofaza qilish – bu tegishli qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena va davolash profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat 1 . Mehnatni muhofaza qilish tizimi: – mehnat muhofazasi bo‘yicha umumiy talablar; 1 Qarang: Ўзбекистон Республикасининг «Меҳнатни муҳофаза қилиш тўғрисида»ги 1993 йил 6 май қонуни 2-м. 143 – ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklarining oldini olish; – xodimlarning sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlab berish va ularni muntazam ravishda yaxshilab borishda ish beruvchining majburiyatlari; Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling