Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc


– mehnat muhofazasi talablariga rioya qilishda xodimlarning  majburiyatlari;  –


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/62
Sana11.01.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1088526
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   62
Bog'liq
pdf mehnat.docx

mehnat muhofazasi talablariga rioya qilishda xodimlarning 
majburiyatlari; 
xodimlar, ayrim toifadagi ayollar, voyaga yetmaganlar, mehnat 
qobiliyati past bo‘lgan shaxslar mehnatini muhofaza qilishning qo‘shim- 
cha tadbirlari. 
Mehnat xavfsizligini ta’minlash, xavfli va zararli ishlab chiqarish 
omillarining turlari, ishlab chiqarish asbob-uskunalari xavfsizligi, ishlab 
chiqarish jarayonlari, xodimlarni himoyalash vositalari, binolar va 
inshoatlar xavfsizligiga doir ishlarni tashkil qilish hamda tartibga solishga 
qo‘yiladigan talablar davlat siyosatida nazarda tutilgan. 
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati: 
1) korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan 
xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligi; 
2) mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va 
ijtimoiy siyosatning boshqa yo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirib borish
mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar barcha korxonalar uchun 
mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona tartib-qoidalar belgilab 
qo‘yish; 
3) mehnatning ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlari yaratilishini va 
ish joylarida atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini ta’minlash; 
4) korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablari hamma joyda 
bajarilishini nazorat qilish; 
5) mehnatni muhofaza qilishni mablag‘ bilan ta’minlashda davlat- 
ning ishtirok etishi; 
6) oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida mehnat muhofazasi 
bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash; 
7) xavfsiz texnika, texnologiyalar va xodimlarni himoyalash vosi- 
talari ishlab chiqilishi va joriy etilishini rag‘batlantirish; 
8) 
fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish 
bo‘yicha vatanimiz va chet el ilg‘or tajribasidan keng foydalanish; 


144 
9) ishlovchilarni maxsus kiyim va poyabzal, shaxsiy himoya 
vositalari, parhez ovqatlari bilan bepul ta’minlash; korxonalarda 
mehnatning sog‘lom va xavfsiz shart-sharoitlarini yaratishga ko‘mak- 
lashuvchi soliq siyosatini yuritish; 
10) ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasb 
kasalligini tekshirib chiqish hamda hisobga olib borishning va shu asosda 
ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar hamda kasb kasalliklariga 
chalinishlar darajasi haqida aholini xabardor qilishning majburiyligi; 
11) ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb 
kasalligiga yo‘liqqan ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash; 
12) kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar 
va alohida shaxslarning mehnatni muhofaza qilishni ta’minlashga 
qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; 
13) mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish chog‘ida 
xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish prinsiplariga asoslanadi. 
Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining IV 
sessiyasida qabul qilingan va 1996-yilning 1-aprelidan kuchga kirgan 
Mehnat kodeksiga muvofiq, mehnatni muhofaza qilish ish beruvchining 
zimmasiga yuklatilgan. Barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiyena 
talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo‘lishi kerak. 
Bunday sharoitlarni yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga 
kiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi 
qonunining 8-moddasi 3-qismida ham ushbu qoida aniq o‘z aksini topgan, 
ya’ni «Korxona ma’muriyati, yollovchi, mulkdor yoxud ular vakolat 
bergan boshqaruv idorasi korxonada mehnatni muhofaza qilish 
standartlari, qoida va me’yorlarining talablari, shuningdek jamoa 
shartnomasida ko‘zda tutilgan majburiyatlar bajarilishini ta’minlaydi». 
O‘zbekiston Respublikasi «Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi 
qonunining 12-moddasiga ham e’tibor bersak, unga ko‘ra «Tashkilot- 
larning yong‘in xavfsizligini ta’minlash, agar tegishli shartnomada 
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, mazkur tashkilotlarning 
rahbarlari va ular vakolat bergan shaxslar zimmasiga yuklatiladi. Yong‘in 
xavfsizligini ta’minlashga doir vazifalarning vakolatli shaxslar 


145 
zimmasiga yuklatilishi rahbarlarning zimmasidan mas’uliyatni soqit 
qilmaydi» deb ko‘rsatilgan. 
Mehnatni muhofaza qilish talablari Mehnat kodeksi, mehnatni 
muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar
1

shuningdek texnik standartlar bilan belgilanadi. Mehnatni muhofaza 
qilishda ish beruvchi bilan kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida mehnat 
muhofazasi bo‘yicha tuzilgan jamoa shartnomalari va bitimlari, ular 
tomonidan tasdiqlanadigan yo‘riqnomalar ham muhim ahamiyatga egadir. 
Mehnatning muhofazasiga oid texnikaviy standartlar, namunaviy 
Nizom hamda qoidalar vakolatli davlat idoralari tomonidan ishlab 
chiqiladi va joriy etiladi. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling