Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/62
Sana11.01.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1088526
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   62
Bog'liq
pdf mehnat.docx

Ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun 
javobgar bo‘ladi. Korxonalar mehnatni muhofaza qilishga doir talablar 
ta’minlanmaganligi uchun ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb 
kasalliklaridan ijtimoiy sug‘urta qilish maqsadlariga oshirilgan tariflar 
bo‘yicha mablag‘lar ajratadilar. Tariflar mehnat sharoiti, bajariladigan 
1
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 211–223- 
moddalari, «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi, «Davlat sanitariya nazorati 
to‘g‘risida»gi, «Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida»gi, «Ekologik 
ekspertiza to‘g‘risida»gi, «Militsiya xodimlarini ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya 
qilishni kuchaytirish to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni 
ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid 
davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi, «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari 
va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash 
to‘g‘risida»gi, «Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning 
javobgarligi to‘g‘risida»gi, «Xotin-qizlarga qo‘shimcha imtiyozlar to‘g‘risida»gi, 
«Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida»gi, «Davlat 
sanitariya nazorati to‘g‘risida»gi, “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini 
majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi, «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi, 
«Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi va boshqa ko‘plab qonunlar, shuningdek ular 
asosida qabul qilinadigan qonunosti hujjatlarda o‘z aksini topgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 7-fevraldagi «O‘zbekiston 
Respublikasi sanoatda va konchilikdagi ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish 
davlat qo‘mitasini sanoatda va konchilikdagi ishlarning bexatar olib borilishini nazorat 
qilish agentligiga aylantirish to‘g‘risida»gi farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1994-yil 17-noyabrdagi «Mehnatni muhofaza qilishni davlat 
tomonidan boshqarish to‘g‘risida»gi 555-sonli qarori va h.k. 


146 
ishlar xavfliligi, zararliligi va og‘irligiga bog‘liq holda vaqti-vaqti bilan 
qayta ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini 
ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat sharoitlari davlat 
ekspertizasi bergan xulosa tariflarni qayta ko‘rib chiqish uchun asos 
hisoblanadi. 
Mehnatni muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan ishlab 
chiqarish ahamiyatiga molik mahsulot ishlab chiqarayotgan va yetkazib 
berayotgan korxonalar iste’molchilarga yetkazilgan zararni O‘zbekiston 
Respublikasi qonunlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda qoplay- 
dilar. 
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha standartlar, qoidalar va 
me’yorlarning O‘zbekiston Respublikasida belgilangan talablariga 
nomuvofiq ishlab chiqarish vositalarini, yakka tartibdagi va jamoani 
himoyalash vositalarini, shu jumladan xorijdan sotib olinganlarini sotish 
va targ‘ib qilish g‘ayriqonuniy hisoblanadi. Bunday faoliyat natijasida 
korxona olgan foyda belgilangan tartibda budjetga musodara qilinishi 
kerak. 
Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy 
hujjatlar buzilishida aybdor bo‘lgan yoki davlat va jamoatchilik nazorati 
idoralari vakillarining faoliyatiga monelik qilayotgan mansabdor shaxslar 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda intizomiy, 
ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar. 
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 
kodeksining 53–55, 97–99, 161, 175
4
, 211, 212, 229-moddalarida hamda 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 253, 256, 257, 257
1
, 258 
va 259-moddalarida mehnatni muhofaza qilishga oid huquqbuzarlik uchun 
javobgarlik belgilangan. 
Ma’muriyatning aybi bilan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki 
kasb kasalligi natijasida mehnat qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotgan 
xodimga O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartib va 
miqdorda korxona bir marta beriladigan nafaqa to‘laydi hamda sog‘liqqa 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling