Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/62
Sana11.01.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1088526
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   62
Bog'liq
pdf mehnat.docx

Vaqtincha 
mehnatga 
qobiliyatsizlik 
nafaqasi 
ish 
stajining 
davomiyligidan qat’i nazar ish haqining 100 foizi miqdorida quyida- 
gilarga to‘lanadi: 
– ishlayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga; 
– baynalmilal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxs- 
larga; 
– qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki 
undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga; 
– Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan 
xodimlarga; 
– Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish 
zonasidan evakuatsiya qilingan va ko‘chirilgan, qon hosil qiluvchi 
organlar kasalliklari (o‘tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va 
xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan xodimlarga; 
– mehnatda mayib bo‘lish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha 
mehnatga qobiliyatsiz bo‘lgan xodimlarga. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi uzluksiz mehnat staji 
kasaba uyushma qo‘mitasining a’zosi bo‘lgan xodimlarga quyidagi 
miqdorlarda to‘lanadi: 
– 3 yilgacha bo‘lsa, ish haqining 50 foizi; 
– 3 yildan 5 yilgacha bo‘lsa, 60 foiz; 
– 5 yildan 8 yilgacha bo‘lsa, 80 foiz; 
– 8 yildan ko‘p bo‘lsa, 100 foiz; 
– 18 yoshga to‘lmagan xodimlarga 60 foiz. 
Umuman vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasining eng kam 
miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan oz 
bo‘lmasligi va nafaqa hisoblab chiqariladigan ish haqi miqdoridan ortib 
ketmasligi lozim. 
Qonunga binoan, nafaqa vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik payti 
uchun faqat kasallik varaqasi (mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi) 
asosidagina to‘lanadi. 
Belgilangan muddatda olinmagan (to‘la yoki qisman) nafaqalarni 
olish uchun mehnat qobiliyati tiklangan yoki nogironlik belgilangan 
kundan boshlab 6 oy muddat davomida murojaat qilish mumkin. Bunday 
vaqtda nafaqa ko‘pi bilan 12 oygacha bo‘lgan muddatda to‘lanishi 
mumkin. 
Mavsumiy mehnat shartnomalari bo‘yicha ishlayotgan xodimlarga, 
ular mehnatda mayib bo‘lganligi yoki kasb kasalligiga uchraganligi 


177 
tufayli mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib qolsa, umumiy asoslarda nafaqa 
to‘lanadi, boshqa sabablar bo‘yicha esa, nafaqa 75 kalendar kungacha 
bo‘lgan vaqt uchun to‘lanadi. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish 
nafaqalarining qonunda belgilangan miqdori xodimlarning amaldagi ish 
haqiga mutanosib ravishda hisoblanadi. 
Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi homiladorlik va tug‘ish ta’tilining 
butun davrida to‘liq ish haqi miqdorida to‘lanadi. Mehnat shartnomasi 
asosida ishlayotgan ayollar mehnat stajidan qat’i nazar, homiladorlik va 
tug‘ish nafaqalari olish huquqiga egadirlar. Bunday ta’tillar homiladorlik 
paytida 70 kalendar kun, bola tug‘ilgandan keyin 56 kalendar kundan 
iborat miqdorda beriladi. Tug‘ish me’yorida bo‘lmagan yoki ikki va undan 
ortiq bola tug‘ilganda esa tug‘ish ta’tili 70 kalendar kunga uzaytiriladi. 
Bulardan tashqari, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha beriladigan 
nafaqalarning yana bir nechta alohida turlari mavjuddir, masalan: 
a) kam ta’minlangan oilalarning bolalariga to‘lanadigan nafaqalar; 
b) bolaligidan nogiron bo‘lganlarga to‘lanadigan nafaqalar. 
Bular orasida vasiylik yoki homiylikdagi voyaga yetmagan bolalarni 
ta’minlash uchun tayinlanadigan nafaqa alohida o‘rin tutadi. 
Bola tug‘ilganda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi. Uning 
miqdori eng kam oylik ish haqining 200 foiz miqdorida beriladi. 
Mehnat kodeksining 288-moddasida ta’kidlanganidek, sug‘urta 
qilingan xodim yoki uning oila a’zosi vafot etganda, qonun hujjatlarida 
belgilab qo‘yiladigan miqdor va tartibda dafn etish marosimi uchun nafaqa 
to‘lanadi. 
Dafn etish marosimi uchun nafaqa xodim yoki uning qaramog‘ida 
bo‘lgan quyidagi oila a’zolari vafot etganda beriladi: 
a) turmush o‘rtog‘i; 
b) 18 yoshga to‘lmagan yoki vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz 
(yoshidan qat’i nazar) bolalari, aka-ukalari va opa-singillari; 
d) ota-onasi; 
e) bobosi yoki buvisi. 
Yashash uchun mustaqil mablag‘ manbaiga ega bo‘lgan (ish haqi, 
pensiya, stipendiya oluvchi, shirkat xo‘jaligining mehnatga qobiliyatli 
a’zolari hisoblanuvchi va hokazo) oila a’zolari qaramog‘ida turgan deb 
hisoblanmaydi. 


178 
Xodim vafot etganda dafn etish marosimi uchun nafaqa uning oila 
a’zolariga yoki dafn o‘tkazishni o‘z zimmasiga olgan shaxslarga beriladi. 
Oilaning vafot etgan a’zosini dafn etish marosimi uchun nafaqa 
ishlovchi xodimga beriladi. 
Ayolning homilasi tushgan hollarda dafn etish marosimi uchun 
nafaqa berilmaydi. 
Dafn etish marosimi uchun nafaqa eng kam oylik ish haqining uch 
baravari miqdorida beriladi. 
Ishlamaydigan pensioner vafot etgan taqdirda dafn etish marosimi 
uchun nafaqa uning oilasiga yoki pensionerning dafn marosimini 
o‘tkazgan shaxsga ikki oylik pensiya miqdorida, lekin eng kam oylik ish 
haqining ikki hissasidan kam bo‘lmagan miqdorda, ijtimoiy ta’minot 
bo‘limi tomonidan to‘lanadi. 
Ish haqiga tuman koeffitsiyenti belgilangan joylarda dafn etish 
marosimi uchun nafaqa miqdori ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan 
tarmoqlar uchun beriladigan tuman koeffitsiyentini hisobga olgan holda 
aniqlanadi. 
Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan xodim yoki uning oila a’zosi 
vafot etgan taqdirda dafn etish marosimi uchun nafaqa, agar unga so‘nggi 
ish haqi to‘langan kundan bir oydan ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa beriladi. 
Oliy, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalarida, magistratu- 
rada, aspiranturada, klinik ordinaturada, doktoranturada tahsil olayotgan 
shaxslar, shuningdek, ularning oila a’zolari vafot etgan taqdirda, dafn etish 
marosimi uchun nafaqa umumiy asoslarda to‘lanadi. 
Maktablar, kurslarning (kadrlar malakasini oshirish, qayta tayyorlash 
va tayyorlash bo‘yicha), shuningdek, malaka oshirish institutlari 
o‘quvchilari va tinglovchilari yoki ularning oila a’zolari vafot etganda, 
agar ular kurslarga, maktablarga, institutlarga korxona tomonidan 
yuborilgan bo‘lsalar va ularning o‘qish davridagi ish haqi to‘la yoki 
qisman saqlanib qolgan bo‘lsa, dafn etish marosimi uchun nafaqa umumiy 
asoslarda beriladi. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling