Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc
- §.Mehnat nizolarini sudda ko‘rib chiqish tartibi
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
pdf mehnat.docx
3-
§.Mehnat nizolarini sudda ko‘rib chiqish tartibi Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga doir ishlar fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari, ya’ni da’vo ishlarini yuritish tartibida sudlarda ko‘riladi. Bunday turkumdagi fuqarolik ishlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bu xususiyatlar nizoli moddiy-huquqiy munosabat bilan belgilanib, faqat moddiy huquq, ya’ni mehnat huquqi normalaridagina emas, balki fuqarolik protsessual huquq normalarida ham nazarda tutilgan. Bu xususiyatlar sudyalar tomonidan mehnat ishlari bo‘yicha da’vo arizalarini qabul qilishda, sud majlisida ko‘rish uchun ularni tayyorlashda va ish yuritishning keyingi boshqa bosqichlarida ham e’tiborga olinishi kerak. Quyidagilar mehnat nizosini ko‘rishni so‘rab sudga murojaat qilish huquqiga egadirlar: – xodim, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi; – mehnatning huquq bo‘yicha inspektori; – ish beruvchi, mehnat nizolari komissiyasining qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda, shuningdek unga xodim tomonidan yetkazilgan zararni qoplash haqidagi nizolar bo‘yicha; – prokuror. 168 Sudya bunday ishlar bo‘yicha arizalarni qabul qilishda FPKning 31 va 239-moddalarida nazarda tutilgan umumiy qoidaga amal qilib, shunday ishlarning sudga taalluqli yoki taalluqli emasligini belgilashi lozim. Mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizoli ishlarning sudga taalluqli yoki taalluqli emasligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 1998-yil 17-apreldagi Plenumining qarorida ko‘rsatib o‘tilgan. Nizoning predmetiga va ishda qatnashuvchi subyektlarga qarab, mehnat huquqi normalarida bunday ishni hal qilishning har xil tartibi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 260-moddasida ko‘rsatilganidek, xodim mehnat nizolari bo‘yicha mehnat nizolari komissiyasiga yoki bevosita sudga murojaat etishga haqli. Mehnat kodeksining 269-moddasiga ko‘ra, xodim o‘z xohishiga asosan quyidagi hollarda mehnat nizosini hal qilish uchun mehnat nizolari komissiya- lariga murojaat etmasdan, bevosita tumanlararo, tuman (shahar) sudla- riga ariza bilan murojaat qilishga haqlidir: – agar xodimning ish joyida mehnat nizolari komissiyasi tuzilmagan bo‘lsa; – ular mehnat shartnomasini bekor qilish asoslaridan qat’i nazar, ishga tiklash to‘g‘risida, mehnat shartnomasini bekor qilish vaqti va asoslari ta’rifini o‘zgartirish to‘g‘risida, majburiy progul yoki kam haq to‘lanadigan ishni bajargan vaqt uchun haq to‘lashga doir bo‘lsa; – ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni xodimdan undirib olish haqida bo‘lsa; – mehnat nizolari mehnat vazifalarini bajarayotganda xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilgani oqibatidagi zararni, shu jumladan ma’naviy zararni yoki uning mol-mulkiga yetkazilgan zararning ish beruvchi tomonidan to‘lanishi haqida bo‘lsa; – Mehnat kodeksining 78-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan hollarda ishga qabul qilish rad etilgan bo‘lsa; – ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari bilan oldindan kelishib, hal etilgan masalalar yuzasidan kelib chiqqan bo‘lsa, shuningdek boshqa korxonalardan o‘tkazish tartibida ishga taklif etilgan shaxslarni ishga qabul qilishni rad etish, bandlik hisobidan ishga yuborilgan 18 yoshga to‘lmagan shaxslarni, nogironlarni, homilador ayollarni va 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni, 14 yoshga to‘lmagan bolasi bor (16 yoshga to‘lmagan nogiron bolasi bor) onalarni, qonunga muvofiq, mehnat 169 shartnomasi tuzishi shart bo‘lgan boshqa shaxslarni ishga qabul qilishni rad etganlik to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha bo‘lsa. Mehnat kodeksi 269-moddasining 1-qismida sanab o‘tilgan mehnat nizolaridan boshqa nizolar ham xodimning xohishiga ko‘ra bevosita tumanlararo va tuman (shahar) sudlarida ko‘riladi. Qonunlar mehnat nizosi mehnat nizolari komissiyasida ko‘rilmagan degan vaj bilan xodimning arizasini ko‘rib chiqishni sudda rad etishiga yo‘l qo‘ymaydi. Mehnat nizolarini tumanlararo, tuman (shahar) sudlarida ko‘rish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Mehnat va Fuqarolik protsessual kodekslari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining «Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanishi haqida»gi 1998-yil 17-aprel qarorida belgilab berilgan. Da’vo arizasini qabul qilishni rad etish va mehnat ishi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ishning bekor qilinishi FPKning 152 va 160-moddalarida nazarda tutilgan barcha asoslar bo‘yicha amalga oshiriladi. Da’vo arizasi FPKning 145-moddasida ko‘rsatilganidek, javobga- rning yashab turgan joyidagi sudga beriladi. Xodimlar mehnat haqini undirish va mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan davlat daromadlariga sud xarajatlarini hamda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadilar. Bunday talablar qanoatlantirilganida, sud xarajatlari da’voning qanoatlantirilgan qismiga nisbatan javobgardan undiriladi. Agar da’vo talablari rad etilsa, sud xarajatlari davlat hisobiga o‘tkaziladi. Bu mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlarga xos xususiyatlardir. Sudga, avvalo, mehnat nizolarini ko‘rish komissiyasida ko‘rilgan nizo bo‘yicha ariza tushsa, unda sud bu masala bo‘yicha mehnat nizolarini ko‘rish komissiyasi majlisi bayonnomasining ko‘chirmasi topshirilishini talab qilishi lozim. Mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizoli ishlarning protsessual xususiyatlaridan biri, unda boshqa fuqarolik ishlariga nisbatan qisqa muddat belgilanganidir. Mehnat nizosini hal qilishni so‘rab sudga yoki mehnat nizolari komissiyasiga murojaat qilish uchun muddatlar quyidagicha belgilanadi: Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling