Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
pdf mehnat.docx
ishga tiklash nizolari bo‘yicha – xodimga u bilan mehnat shartnomasi
bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab bir oy; 170 xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni to‘lash haqidagi nizolar bo‘yicha – zarar yetkazilganligi ish beruvchiga ma’lum bo‘lgan kundan boshlab bir yil; boshqa mehnat nizolari bo‘yicha – xodim o‘z huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab uch oy; xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga doir nizolar bo‘yicha sudga murojaat qilish uchun muddat belgilanmaydi. Mehnat nizolari komissiyasi yoki sudning qarori bilan xodim g‘ayriqonuniy asosda ishdan bo‘shatilgan taqdirda darhol ishga qayta tiklanishi lozim. Mehnat nizolari komissiyasi yoki sud ishga tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilish bilan bir vaqtda, xodimga majburiy progul vaqti uchun o‘rtacha ish haqini to‘lash yoki kamroq haq to‘lanadigan ishni bajargan vaqt uchun oyligidagi farqni to‘lash haqida qaror qabul qiladi, biroq bu muddat bir yildan oshmasligi kerak. Shuningdek, xodimni g‘ayriqonuniy ravishda ishdan bo‘shatish yoki boshqa ishga o‘tkazishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxs zimmasiga progul qilingan yoki kamroq haq to‘lanadigan ishni bajargan vaqt uchun mansabdor shaxsning uch oylik maoshidan oshmaydigan miqdorda haq to‘lash javobgarligi yuklatiladi. Ishdan bo‘shatish sababi noto‘g‘ri yoki amaldagi qonunlarga muvofiq emas, deb topilgan taqdirda, mehnat nizolari komissiyasi yoki sud uni o‘zgartirishi va amaldagi qonunlarga muvofiq ta’riflashi shart. Agar ishdan bo‘shatishning noto‘g‘riligi xodimning ishga joylashishiga to‘sqinlik qilsa, bir vaqtning o‘zida xodimga majburiy progul vaqti uchun o‘rtacha ish haqi to‘lash to‘g‘risida qaror chiqariladi, biroq bu muddat bir yildan oshmasligi kerak. Bunday hollarda mehnat daftarchasiga kiritilgan yozuvlar haqiqiy emas deb hisoblanadi, xodim esa mehnat daftarchasining haqiqiy emas deb topilgan yozuvi qayd etilmagan dublikatini berishni talab qilishga haqlidir. G‘ayriqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilgan yoki boshqa ishga o‘tkazilgan xodimni avvalgi ishiga tiklash, ishdan bo‘shatish sababining ta’rifini o‘zgartirish, shuningdek xodimga ish haqi berish to‘g‘risidagi qaror darhol ijro etilishi lozim. Agar qarorning ijrosi ish beruvchi tomonidan kechiktirilsa, sud unga kechiktirilgan davr uchun o‘rtacha ish haqi yoki shu ish haqi o‘rtasidagi farqni to‘lash to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Fuqarolik protsessual kodeksining 131-moddasiga ko‘ra, mehnat nizolari birinchi instansiya sudi tomonidan 10 kunlik muddat ichida 171 ko‘rilishi lozim. Shuningdek, ishning boshqa muddatda ko‘rilishi ham Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan. Mehnat ishlarini sudda ko‘rish uchun tayyorlash alohida ahamiyatga egadir. Sudya ishni ko‘rishga tayyorlashga kirishganda FPKning 158– 160-moddalari talablarini aniq bajarishi lozim. Ishga tiklash to‘g‘risidagi va boshqa nizolar bo‘yicha mehnat nizolari komissiyasining qarori ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoxud xodimlar boshqa vakillik organining vakillari o‘rtasidagi kelishuvga binoan qabul qilingan taqdirda, sud qarorning nusxasini talab qilib olishi kerak. Sudlar mehnat intizomini buzish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni ko‘rishda, xodimning mehnat intizomini buzadigan xatti-harakatlarni qilgan-qilmaganligi, ish beruvchi unga nisbatan ta’sir etish choralarining qo‘llagan-qo‘llamaganligini aniqlash talab qilinadi. Da’vogar da’vodan har vaqt voz kechishga haqli bo‘lgani tufayli mehnat nizolarining sudda ko‘rilishi kelishuv bitimi bilan tugatilishi mumkin. Mehnatga oid ko‘p masalalar mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinganligi tufayli bunday masalalar yuzasidan kelishuv bitimlarini tuzish kamdan-kam uchraydi. Ishga tiklanish to‘g‘risidagi da’vo qanoatlantirilganida, xodimning qayerga va ishga (mansabga) tiklanishi lozimligi qarorda ko‘rsatiladi. Uning noiloj bekor yurgan vaqti uchun korxonadan undiriladigan summaning miqdori ham belgilanadi. Qonunga binoan ish haqini undirish to‘g‘risidagi nizo kelib chiqqan taqdirda, mehnat nizolarini ko‘ruvchi organ xodimning pul undirishga doir quyidagi talablarini to‘liq qondiradi: – mehnat shartnomasi bekor qilinganida xodimga mehnat daftarchasini o‘z vaqtida bermaganlik oqibatida kelib chiqqan majburiy progul vaqti uchun haq to‘lash to‘g‘risidagi; – mehnat nizolarini ko‘ruvchi organning xodimni avvalgi ishiga tiklash to‘g‘risidagi qarorini ish beruvchi ijro etmaganligi oqibatida kelib chiqqan majburiy progul uchun; – foydalanilmagan ta’til uchun xodimga tegishli bo‘lgan kompensatsiyani to‘lash to‘g‘risida. Bunday talablar 1 yildan ortiq bo‘lmagan muddat uchun qondiriladi. Xodimning pul undirishga doir boshqa talablari 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddat uchun qondiriladi. Xodimlar mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha sudga murojaat qilganlarida, sud xarajatlarini to‘lashdan ozod etiladilar. 172 Mehnat nizolari yuzasidan mehnat nizolarini ko‘rish komissiyasi, shuningdek sudning chiqargan qarorlari asosida xodimga to‘langan pul summalari ushbu qarorlar bekor qilingan taqdirda ham qaytarib olinishi (qaytarma ijro qilinishi) mumkin emas. Agar xodim yolg‘on ma’lumotlar taqdim etgan, soxta hujjatlar berganligi tufayli bunday g‘ayriqonuniy qaror qabul qilingan taqdirda, to‘langan pullar xodimdan qaytarib olinishi mumkin. Ish beruvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda, shu jumladan qonunlarni noto‘g‘ri qo‘llash natijasida ortiqcha to‘lab yuborilgan pul summalari ham, basharti, bu xodimning yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etishi oqibatida yuz bermagan bo‘lsa, undan qaytarib olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Xodimning yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar bergani sud qarori yoki hukmi bilangina belgilanishi va unda ko‘rsatib o‘tilishi lozim. Mehnatga oid fuqarolik ishlarining muhim protsessual xususiyat- laridan yana biri ishga tiklash va ish haqini undirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha chiqarilgan hal qiluv qarorlarining darhol ijro etilishidir. Hal qiluv qarorining darhol ijro etilishida sudya qaror chiqarilgan vaqtda da’vogarga summani undirish uchun ijro varaqasini berishi lozim. Mehnat nizolarining ijro bosqichi ham o‘ziga xos xususiyatga ega. Ijro hujjatlarini ijro qilish haqidagi qonunga muvofiq, xodimlarning mehnatga oid huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan talablari birinchi navbatda qanoatlantiriladi. Xodimni ishga tiklash va ish haqini undirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha chiqarilgan hal qiluv qarorlari darhol ijro etilishi lozimligi tufayli bunday qarorlarning ijrosi to‘xtatilishi mumkin emas. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling