Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
pdf mehnat.docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-mavzu MEHNATNI HUQUQIY BOSHQARISHNING ASOSIY PRINSIPLARI. MEHNAT HUQUQINING SUBYEKTLARI
Savol va topshiriqlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mehnat huquqiga taal- luqli normalarini aytib bering. 2. Mehnat huquqi manbalarining mohiyati va ularning amal qilish doirasini ayting. 3. Jamoa shartnomalari va kelishuvlarning tuzilish tartibi va mazmunini tushuntiring. 4. Jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzish tartibini belgilovchi qanday normativ hujjatlarni bilasiz? 5. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qanday javobgarlik qo‘llaniladi? 34 3-mavzu MEHNATNI HUQUQIY BOSHQARISHNING ASOSIY PRINSIPLARI. MEHNAT HUQUQINING SUBYEKTLARI 1-§. Mehnat huquqining prinsiplari, turlari va ahamiyati Mehnat munosabatlarini tartibga solishda turli mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlarda ishlayotgan xodimlarning mehnatga oid huquqlarini himoya qilish, ayrim ish beruvchilarning yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan o‘zboshimchaliklari, qonunbuzarliklarini bartaraf etish, shu jumladan ba’zi xodimlarning o‘z huquqlarini suiiste’mol qilishlariga yo‘l qo‘ymaslik mehnat munosabatlarida qonunchilik va adolatni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari xodim va ish beruvchining huquqlari teng ekanligini e’tirof etadi, ularga bir xil iqtisodiy hamda huquqiy sharoit yaratib beradi, shu tariqa ular o‘rtasida ziddiyatlar yuz berishining oldini oladi. Ammo taraqqiyot dialektikasi va hayot qonunlariga ko‘ra, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida turli ixtiloflar yuz berishi uchun har doim sabablar yetarli bo‘lishi mumkin. Mehnat qonunchiligining vazifalaridan biri shunday ixtiloflar yuz berishiga sharoit yaratuvchi vaziyatlarni bartaraf eta borish, yuz berganida esa, ularni adolat va qonunchilik prinsiplariga qat’iy amal qilgan holda hal etilishini ta’minlashdan iborat. Korxonalarda xodim va ish beruvchi o‘rtasida mehnat nizosi yuz berishiga bir qator obyektiv hamda subyektiv omillar sabab bo‘ladi. Obyektiv omillarga mehnat huquqi subyektlarida huquqiy ong va huquqiy madaniyatning darajasi yuqori emasligi, ishlab chiqarishni tashkil etishda yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklar, mehnat munosabatlarida ishtirok etuvchi shaxslar manfaatlari o‘rtasida ziddiyatlar yuzaga kelishi va boshqalar kiradi. Ayrim xodimlar va ish beruvchilarning o‘z huquqlarini suiiste’mol qilishlari, korxonaning mehnat jamoasida nosog‘lom ma’naviy, psixologik muhitning yuzaga kelishi kabi holatlar mehnat nizolari yuz berishining subyektiv omillari bo‘lishi mumkin. Mehnat jarayonida xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi yakka mehnat ixtiloflari, har ikkala tarafning muzokaralari, o‘zaro kelishuvlari orqali 35 tinch yo‘l bilan hal etilishi lozim. Ammo bunday kelishmovchiliklar tinch yo‘l bilan hal etilmasa, mehnat nizosi qonunda belgilangan tartibda maxsus organlar tomonidan ko‘rib chiqilishi va hal etilishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar jarayonida xalqimizning bozor munosabatlari sharoitlariga mos keladigan yangi huquqiy dunyoqarashi va qadriyatlari shakllana bormoqda. Bunday qadriyatlar so‘nggi yillarda qabul qilinayotgan qonunlarda mutlaqo yangi prinsiplar asosida namoyon bo‘lmoqda. Jumladan, Mehnat kodeksining qabul qilinishi, mehnatga oid bir qator qonunlarning ishlab chiqilishi tufayli shu huquq sohasiga xos bo‘lgan yangicha prinsiplar mehnat huquqi sohasida mehnat munosabatlarini tartibga solishga oid rahbariy g‘oyalar, yetakchi tushunchalar shakllana boshladi. Birinchi navbatda, mehnat huquqi fanida o‘rganiladigan umumhuquqiy, insonparvarlik prinsiplari: ijtimoiy adolat, kamsitishga yo‘l qo‘ymasligi, fuqarolarning qonun oldida teng ekanligi, qonunchilikka qat’iy amal qilinishini alohida ta’kidlab o‘tish joizdir. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling