Ob'ektiv dunyo jonsiz va jonli tabiatdan tashkil topgan. har ikkisi ham doimo rivojlanishda va harakatda bo’ladi. Shu sababli ular boshqarishga muhtojdir.
Ishlab chiqarishni boshqarish deganda ishlab chiqarish doirasida amalga oshiriladigan rahbarlik, tashkilotchilik va ma'muriy harakterdagi alohida faoliyat tushuniladi.
Har qaysi ishlab chiqarish xoh u korxona darajasida, xoh u mamlakat miqyosida bo’lsin o’zining boshqariluvchisi (ob'ekti) va boshqaruvchisi (sub'ekti)ga ega bo’ladi. Boshqaruvning har ikkala tizimi o’zaro aloqador bir butunni tashkil qiladi va bir-biriga ta'sir ko’rsatadi. Bir tomondan, boshqaruvchi tizim boshqariluvchi tizimga ta'sir ko’rsatgan holda uning tarkibini o’zgartiradi, uni muayyan eng qulay va eng muvofiq nisbatga keltiradi. Ikkinchi tomondan esa, boshqariluvchi tizim boshqaruvchi tizimga aks ta'sir ko’rsatadi.
Ob'ektlarni boshqarish dastlab rejalashtirishdan boshlanib, ishlab chiqarishni tashkil qilish, uni tartibga tushirish, muvofiqlashtirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu erda rag’batlantirish ishlab chiqarishni boshqarishning barcha funktsiyalari jarayonida o’z aksini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |