Bu erda:
Nm – tovarning muvozanat narxi;
Tm – muvozanat narxga mos keladigan tovar.
Erkin raqobat mavjud bo’lgan bozorning o’ziga xos-xususiyatlari shundan iboratki, taklif etilgan mahsulotning ma'lum darajasida bozor o’z-o’zidan muvozanatga harakat qiladi. Masalan, ishlab chiqaruvchi o’z tovarini muvozanat narxdan (Nm) baland narxda taklif etdi deyaylik. Unda xaridorlar bunday bahoni juda yuqori deb biladi va natijada ma'lum bir miqdordagi tovar xaridorini topa olmaydi. Bunday holatda taklif talabdan yuqori bo’ladi. Natijada, bozor bu tovar bilan to’yinadi, oqibatda tovar egasi tovar narxini pasaytirishga majbur bo’ladi. Sotuvchi tovarga yangi narx belgilaganda talab oshadi va bu holda narx talab egri chizig’i bo’yicha yuqoriga ko’tariladi. Bu jarayon to talab va taklif muvozanatigacha davom etadi. Albatta, narx shakllanishining bu modeli sof raqobatga asoslangan bozorlar uchun ishlab chiqilgan bo’lib, bu modelda ko’pgina omillar hisobga olinmaydi. Shu sababli ham bu model narx shakllanishida umumiy orientir bo’lib xizmat qiladi.
Narx marketing kompleksining asosiy elementlaridan biri hisoblanib, korxonaning marketing siyosatini ishlab chiqishda keng qo’llaniladi. Agar bu erda tovar siyosatini, tovarni sotish va siljitish faoliyatini rejalashtirish, tovar harakati kanallarining yangisini topish uzoq vaqt talab qilsa, narxni esa tashqi va ichki omillarning o’zgarishi bilanoq tezda o’zgartirish mumkin bo’ladi.
Marketingda narxning asosiy rol o’ynashining sabablaridan yana biri shundan iboratki, u korxonaning iqtisodiy ko’rsatkichlariga to’g’ridan to’g’ri ta'sir ko’rsatadi.
Masalan, foyda (F) quyidagicha aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |