Agar bozor bir xil ehtiyojlarni qondirish qobiliyatiga ega bo’lgan ko’p sonli tovar va xizmatlar bilan to’yingan bo’lsa, talabning narx elastikligi birdan katta bo’ladi. Talab elastikligini aniqlash asosida sotish hajmini oshirish uchun narxlarga qanday yo’nalishda ta'sir etishni, raqobatchi sotayotgan tovar markalaridan qaysi biri ko’proq bozor kuchiga ega ekanligini bilib olish mumkin bo’ladi.
Korxona tovarga bo’lgan talabni, tovar ishlab chiqarish uchun sarf bo’lgan yalpi xarajatlarni hisoblab chiqib va raqobatchilar narxini o’rganib, o’zining tovariga narx shakllanish uslublarini belgilaydi. Odatda, tovarning narxi juda past va juda yuqori ham bo’lmasdan, balki shu ikki ko’rsatkich oralig’ida bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
Buning sababi shundaki, past
narx foydani taьminlamaydi, yuqori narx esa talabni shakllantirmaydi.
Quyidagi 34-chizmada korxona rahbarining uch mulohaza asosida o’z tovariga narx belgilashi keltirilgan.