Microsoft Word menejment va marketing asoslari


-chizma. Narx belgilash uslublari Narx belgilashning xarajatlarni hisoblashga asoslangan usuli. Bu usul


Download 1.44 Mb.
bet247/324
Sana02.01.2022
Hajmi1.44 Mb.
#184459
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   324
Bog'liq
menejment va marketing asoslari o`quv qo`llanma

35-chizma. Narx belgilash uslublari Narx belgilashning xarajatlarni hisoblashga asoslangan usuli. Bu usul


eng oddiy hisoblanib, mahsulot tannarxiga shu mahsulotni ishlab chiqaruvchidan iste'molchigacha etkazib berishgacha bo’lgan jarayonda vujudga keladigan xarajatlarni va korxonaning oladigan foydasini qo’shishga asoslanadi.

Har xil tovarlar uchun savdo ustamalari bir-biridan farq qiladi. Narxni aniqlashga bunday yondashuvda bozor talabi va raqobatchilar narxi hisobga olinmaydi. Bundan tashqari, sotiladigan mahsulotning hajmini aniqlash qiyin bo’lganligi sababli, ishlab chiqarish xarajatlarining hajmini aniqlashda ham qiyinchilik tug’iladi. Shunga qaramasdan, bahoni aniqlashning bu usuli tez-tez qo’llaniladi, chunki bu usul oddiy va tushunarlidir. Narx belgilashning xarajatlarni hisoblashga asoslangan uslublaridan yana biri zararsizlik va maqsadli foydani ta'minlashning tahlili asosida olib boriladigan usul hisoblanadi.



Zararsizlik va maqsadli foydani ta'minlashning tahlili asosida narx belgilash usuli. Ma'lumki, har bir korxona ma'lum bir foydani ko’zlab narx qo’yishga intiladi. Narxlashtirishning bu usuli zararsizlik grafigiga asoslanadi. Zarasizlikning gipotetik grafigi 36-chizmada ko’rsatilgan.


Ming so’m
Bu grafikda yalpi daromad, foyda va jami xarajatlarning sotiladigan mahsulot hajmiga bog’liqligi ko’rsatilgan. Keltirilgan 36-chizma ma'lumoti shundan dalolat beradiki, doimiy xarajatlar 300000 so’mga teng bo’lib, sotiladigan mahsulot hajmiga bog’liq emas. O’zgaruvchan xarajatlar doimiy xarajatlarga qo’shilib jami xarajatlarni tashkil qiladi va uning miqdori sotiladigan mahsulot hajmiga qarab o’zgarib turadi. Yalpi daromad egri chizig’ining tikkaligi tovar narxiga bog’liq bo’ladi. Bizning misolimizda tovar birligining narxi 20 so’mga teng.




Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling