Tovar assortimenti - aniq bir belgi ( bir ehtiyojni qondirish, bir guruh iste'molchilarga mo’ljallanganligi, bir tipdagi do’konda sotilishi, foydalanishdagi o’xshashligi, bir narx diapazoniga ega bo’lishi va hokazolar) asosida to’plangan tovar guruhi.
Tovar belgisi - -rasmiy ro’yxatdan o’tkazilgan va huquqiy himoya qilingan tovar markasi yoki uning bir qismi.
Tovar birjasi - odatda yalpi ayirboshlanadigan namuna yoki nusxa bo’yicha sotiladigan tovarlarni olishsotishni amalga oshiradigan vositachi tashkilot.
Tovarlarni intensiv (jadal) tarqatish - kundalik iste'mol tovarlarini mumkin qadar ko’proq joylarda tezroq sotish.
Tovar iste'moli - sotib olingan mahsulotdan foydalanish, uni ishlatish jarayoni.
Tovar kafolati - tovarning iste'mol jarayonida ma'lum davr ichida o’z foydali funktsional xossalarini to’la saqlab qolishi bo’yicha olingan javobgarlik, mas'uliyat.
Tovarlarni jalb etib tarqatish - avvaliga iste'molchilarda yangi tovarga talab shakllantirish, so’ng vositachilarni jalb etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |