Talabni baholash - umuman yoki aniq tovar bo’yicha talab hajmi, darajasi, o’zgarishini uning ko’rsatkichlari yordamida aks ettirish, taqqoslash va xulosa qilish jarayoni.
Talabning darajasi - talab hajmining biror ko’rsatkich, belgi, mo’ljalga nisbatan qiyosiy ifodasi.
Talabning tarkibi - umumiy talabni tashkil etuvchi elementlar ro’yxati.
Talabning strukturasi - umumiy talabni tashkil etuvchi elementlar va ularning hissalari.
Talabning rivojlanish qonuniyatlari - talabning zaruriy ob'ektiv o’zgarishlarini aks ettiruvchi jarayonlar.
Talabni prognoz qilish - talabning kelgusida bo’lajak holati va o’zgarishlarini ilmiy asosda oldindan aniqlash jarayoni.
Talabning hajmi - ma'lum tovarga bo’lgan talabning natural birlik yoki so’mda ifodalangan umumiy miqdori.
Talabni tahlil qilish - umumiy talabni tarkibiy qismlarga, elementlarga bo’lib, ulardan qiziqtirganlarini ajratib olib o’rganish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |