Talabni o’rganish - talab to’g’risida axborot to’plash, uni qayta ishlash va tahlil qilish jarayoni.
Talab chizig’i - talab bilan narx o’rtasidagi bog’liqlikning chizma ifodasi.
Talab qayishqoqligi - talabning unga ta'sir etuvchi omilning o’zgarishi natijasida o’zgarish qobiliyati bo’lib, qayishqoqlik koeffitsientida o’z aksini topadi.
Talab qonuni - talab bilan narx o’rtasidagi barqaror aloqa, bog’liqlik.
Tarif - korxonalar, tashkilotlar, alohida ko’rsatiladigan turli ishlab chiqarish va noishlab chiqarish yo’nalishidagi xizmatlar uchun to’lanadigan haq.
Targ’ibot (pablisiti) - iste'molchilarda korxona va uning tovari to’g’risida yaxshiroq tasavvur shakllantirish maqsadida ommaviy axborot vositalari orqali ma'lumotlar tarqatish va tushuntirish.
Tasodifiy talab - to’satdan paydo bo’lib, qondiriladigan talab.
Tashqi savdo - chet mamlakatlar bilan savdo-sotiq ishlarini yuritish.
Do'stlaringiz bilan baham: |