Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Download 1.44 Mb.
bet296/324
Sana02.01.2022
Hajmi1.44 Mb.
#184459
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   324
Bog'liq
menejment va marketing asoslari o`quv qo`llanma

Strategik rivojlantirish - korxonaning maqsadi, resurslari va marketing imkoniyatlarining o’zaro strategik muvofiqligini ta'minlash jarayoni.

Supermarket - xaridorning o’z-o’ziga xizmat ko’rsatishga asoslangan juda keng tovar assortimenti bilan sotish jarayonlarini uyushtiruvchi yirik savdo muassasasi.

Sust talabli tovarlar - ayni paytda tovarga talab imkoniyat darajasidan ancha past bo’ladi.

So’rov - kishilarning bilimlari, e'tiqodlari, xohishlari va mamnunliklari to’g’risidagi ma'lumotlar olish uslubi.

Tabaqalangan narx - bir xil yoki o’xshash tovarlarga, tovarning turli variantlari, turli savdo shartsharoitlari farqiga qarab belgilanadigan har xil narx.

Tabaqalangan marketing strategiyasi - bozor bo’g’inlaridan bir nechtasi tanlanib, ularning har biri uchun alohida tovar taklif etish va maxsus marketing kompleksini qo’llashga mo’ljallangan marketing turi yoki strategiyasi.

Tabaqalanmagan marketing strategiyasi - ommaviy tovarni bo’g’inlarga bo’linmagan umumiy bozorda sotish uchun marketing kompleksini qo’llash tartibi.

Tadbirkorlik - pul topish maqsadida va mas'uliyatni zimmaga olgan holda biron iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanish.

Tavakkalchilik - biron ish bilan shug’ullanish oqibatida zarar ko’rib qolishdan qutulib qolish imkoniyati.


Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling