Rivojlantiruvchi marketing - yangi tovarlarni yaratib ularni iste'molchilarga taklif qilgan tarzda bo’lajak talabni real talabga aylantirish.
Savdo agenti - bir yoki bir qancha korxonalar tovarlarni shartnoma asosida sotadigan vakil.
Savdo ustamasi - savdo korxonalari (vositachilar) o’z xarajatlarini qoplab, foyda topish uchun tovarni sotib olgan narxi ustiga qo’yiladigan qo’shimcha.
Salbiy talab - ma'lum talabni qondirish uchun tovar mavjud, uning sifati yomon emas, lekin shunga qaramay iste'molchilar u tovarni rad etadilar.
Sanoat siri - ishlab chiqarish sirlari, nou-xau, ixtiro va kashfiyotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |