Microsoft Word Metodichka Mat. Kmt lab
Download 42.58 Kb. Pdf ko'rish
|
4,5,6-laboratoriya ishlari
15 4-LABORATORIYA ISHI Cho‘yanlаr mikrоstrukturаlаrining tаhlili Nazariy qism Holat diagrammasida muvozanatdagi strukturaga binoan hamda tarkibiga ko‘ra hamma hosil bo‘layotgan temir utlerod qotishmalarini ikkita guruxga bo‘lish mumkin po‘latlar va cho‘yanlar. Po‘latlar deb, tarkibida uglerod miqdori C≤2,14% bo‘lgan qotishmalarga aytiladi. Cho‘yanlar deb esa tarkibida uglerod miqdori C≥2,14% bo‘lgan qotishmalarga aytiladi. Lekin bunday bo‘lishi albatta shartli, chunki baʼzi paytda po‘latlarda 2,5% gacha uglerod bo‘lishi mumkin. Po‘latlarni muvozanatdagi strukturasiga qarab 3 ta guruxga: evtektoid (perlit), evtektoidgacha (ferrit + perlit) hamda, evtektoiddan keyingi (perlit + sementit) po‘latlarga bo‘lish mumkin. Cho‘yanlarni ham muvozanatdagi strukturaga ko‘ra 3 guruxga bo‘lish mumkin: evtetik (ledeburit), evtektikgacha bo‘lgan (А+L yoki P+L) hamda evtektikadan keyingi cho‘yanlar (L+S 1 ). Аlbatta po‘lat va cho‘yan xossalariga birinchi navbatda uglerodning miqdori va uning temir bilan hosil qilgan fazalari katta taʼsir ko‘rsatadi. Lekin temir-uglerod qotishmalari murakkab qotishmalardir, chunki qotishmada temir va ugleroddan tashqari boshqa ko‘p elementlar bor. Ular asosan doimiy qo‘shimcha bo‘lib, shartli ravishda zararli va foydali deb, ikki guruxga bo‘linadi. Zararli doimiy qo‘shimchalar: fosfor, oltingugurt, azot, kislorod, vodorod; foydali qo‘shimchalar: marganets, kremniy, alyuminiy va boshqa metall qo‘shimchalari. Foydali qo‘shimchalar ferrit fazasini mustahkamlash xisobiga qotishma mexanik xossalarini oshiradi. 1. Ishdan maqsad: 1.1. Oq, kulrang, bolg‘alanuvchi va yuqori mustahkamlikli cho‘yanlarni ular tarkibidagi grafitning tuzilishiga ko‘ra bir-birlaridan ajrata bilish. 1.2. Berilgan cho‘yanlar mexanik xossalari o‘zgarishining strukturaga bog‘liqligini o‘rganish. 2. Ishni bajarish tartibi: Talabalar o‘qituvchi tomonidan taklif etilgan cho‘yanlarning tayyor mikroshliflari ustida ularning mikrostrukturasini metallografik mikroskoplarda o‘rganadilar va tekshirilayotgan mikrostrukturalarning sxemasi mos cho‘yan uchun 3.4-jadvalga chizib qo‘yiladi. Aniqlangan cho‘yanlarning mexank xossalari va qo‘llanish sohalari ham shu jadvalga yoziladi. 11 3. Yozma hisobotning mazmuni: 3.1. Temir-uglerod qotishmasining holat diagrammasi . 3.2. Konkret cho‘yanlar uchun sovish egri chiziqiari. 12 3.3. Bolg‘alanuvchan cho‘yanlar texnologiyasini tushuntirib, ularning yumshatish grafiklarini chizib ko‘rsatish: τ (soat) τ (soat) Ferritli bolg‘alanuvchan cho‘yanning yumshatish grafigi Perlitli bolg‘alanuvchan cho‘yanni yumshatish grafigi Xulosalar: T, ℃ T, ℃ 13 3.4. Cho‘yanlarning mikrostukturasi va xossalari. Cho‘yan markasi Mikrostruktura sxemasi Mexanik xossalari Cho‘yanning olinishi Qo‘llanilish sohalari σ, MPa δ, % HB, MPa 1 2 3 4 Foydalanilgan adabiyotlar: Ish bajarilgan kun: _________________________ O‘qituvchining imzosi: ______________________ 14 Mustaqil tayyorlanish uchun savollar 1. Temir-uglerod sistemasini tashkil qiladigan komponentlar va fazalar. 2. Temir sementit diagrammasi. 3. Uglerod va doimiy qo‘shimchalarning cho‘yanlar xossalariga ta’siri. 4. Grafitga parchalanish jarayoni. 5. Oq va kulrang cho‘yanlar. 6. Yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan sharsimon grafitli cho‘yanlar. 15 5-LABORATORIYA ISHI Yumshatish, normallash va yaxshilashning po‘lat strukturasi va xosslariga ta’sirini o‘rganish 1. Ishdan maqsad. 1.1. Termik ishlashning asosiy turlari bilan tanishish. 2.2. Har xil termik ishlov berishning qotishmaning strukturasiga va xossalariga ta’sirini o‘rganish. 2. Ishni bajarish tartibi: Talabalar termik ishlov berish turlari bilan tanishadilar, o‘qituvchi tomonidan tarqatilgan namunalarga berilgan termik ishlashning turlarini aniqlab, ularga xulosa chiqaradilar. Termik ishlash bilan qotishmaning struktura va xossalari orasida bog‘lanish amalda tekshirish vositasida tasdiqlanadi. 3. Yozma hisobotning mazmuni: 3.1. Temir-uglerod holat diagrammasining po‘lat qismini chizing. Termik ishlov temperaturalarini belgilashni temir-uglerod qotishmalari holat diagrammasining po‘latlarga oid qismidan foydalanib amalga oshiring. 3.2. Har xil tur ishlov berilgan po‘latlarning mikrostrukturasi. Yumshatilgandan keyingi mikrostruktura sxemalari: Texnik temir Evtektoidgacha bo‘lgan po‘lat Evtektoid po‘lati Evtektoiddan keyingi po‘lat 3.2.2. Normallangan po‘lat 3.2.3. Toblangan po‘lat mikrostrukturasining sxemasi: mikrostrukturasining sxemasi: 3.2.4. Toblab va har xil haroratlarda bo‘shatilgan po‘latlar mikrostrukturasining sxematik ko‘rinishi: 16 Xulosa: Foydalanilgan adabiyotlar: Ish bajarilgan kun: ______________ O‘qituvchining imzosi: ________________ Mustaqil tayyorlanish uchun savollar 1. Yumshatish deb qanday termik ishlovga aytiladi va uning qanday turlari mavjud? 2. Asbobsozlik po‘latlari uchun yumshatishning qaysi turi qo‘llaniladi? 3. Normallash nima va nima maqsadda qo‘llaniladi? 4. Toblash nima va toblash temperaturasi qanday aniqlanadi? 5. Po‘latlarni nima maqsadda bo‘shatiladi? 6. Po‘latlarni bo‘shatishning qanday turlari mavjud? 7. Toblashning qanday turlari mavjud? 8. Kritik diametr nima? 9. Toblanuvchanlik nima? 6-LABORATORIYA ISHI Po‘latlarni kimyoviy-termik ishlash 1. Ishdan maqsad: Kam uglerodli konstruktsion po‘latlarni kimyoviy-termik ishlash va bu jaroyonning po‘lat strukturasiga hamda uning qattiqligiga ta’sirini o‘rganish. Toblab, quyi haroratda bo‘shatilgan Toblab, o‘rta haroratda bo‘shatilgan Toblab, yuqori haroratda bo‘shatilgan 17 2. Ishning mazmuni: Kam uglerodli konstruktsion po‘latlar sementitlangandan so‘ng, ularning struktura qattiqligi tekshiriladi. Bundan tashqari azotlangan qatlam ham shu usulda o‘rganiladi. Kimyoviy-termik ishlangan qatlamdagi strukturaning o‘zgarishi to‘g‘risida berilgan holat diagrammasiga qarab xulosa chiqariladi. 3. Yozma hisobotning mazmuni: Kimyoviy-termik ishlangan va ularga berilgan oddiy tur termik ishlovlardan so‘ng po‘lat na’munalar mikrostukturalarining o‘zgarish sxemalari: a) Sementitlangan namunaning struktura tuzilish sxemasi. b) Sementitlangan, toblangan va quyi haroratda bo‘shatilgan po‘latning struktura sxemasi c) Sementitlangan, toblangan va yuqori haroratda bo‘shatilgan po‘latning struktura sxemasi d) Azotlangan po‘latning struktura tuzilish sxemasi 18 O‘tkazilgan ish bo‘yicha qisqacha xulosa: Foydalanilgan adabiyotlar: Ish bajarilgan kun ___________________ O‘qituvchining imzosi ________________ Mustaqil tayyorlanish uchun savollar 1. Kimyoviy-termik ishlashdan maqsad nima? 2. Sementatsiya qanday ishlov? 3. Sementitlangan po‘latga qanday oddiy termik ishlov qo‘llaniladi? 4. Azotlashdan maqsad nima? 5. Nitrotsementatsiya qanday maqsadda qo‘llaniladi? 6. Sianlashning qanday turlarini bilasiz? 7. Diffuzion metallashdan maqsad nima va uning turlari qaysilar? Download 42.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling