www.ziyouz.com кутубхонаси
129
UILYAM OKKAM
(1281 (taxminan) -1349)
Ingliz faylasufi Uilyam Okkam Londonning janubi-g‘arbida joylashgan Okkam
shaharchasida tug‘ilib o‘sdi.
U Oksford dorilfununining ilohiyotchi olimi Dus Skott (1266-1308) qo‘lida ta’lim oldi.
Uilyam 1324 yilga qadar Oksford dorilfununida tahsil oldi va o‘qituvchilik qildi. Bu ilm
dargohida tez-tez ilmiy munozaralar, mubohasa, himoyalar o‘tkazib turilardi. Ilmiy
bahslarda odatda talabalar o‘zlarining muayyan fikrlarini o‘rtaga tashlashar, boshqa
qatnashchilar esa unga e’tiroz bildirishardi. Talaba o‘z fikrini qat’iy himoya qilib, ularga
munosib javob berishi munozaralarning asosiy sharti hisoblanardi. Bunday bahslar
odatda keskin, hayajonli bir vaziyatda o‘tar va ko‘pincha... mushtlashuv bilan tugardi.
Uilyam ilohiyot magistri darajasiga erishgan olim. U fan tarixida yangi uslubiy qoidalar
muallifi sifatida nom qoldirdi. Faylasufning bu qoidalari keyinchalik «Okkam ustarasi»
deb nom olgan. Okkamning mashhur «ustarasi» o‘simlikning ortiqcha navdalarini kesib
tashlovchi tokqaychi kabi bilish, anglash daraxtidagi tekinxo‘r atamalarni yo‘qotishga
xizmat qilgan. Okkam ilmiy bilish uslubida oddiylik, soddalik tamoyillariga rioya etishni
afzal hisoblagan. Okkam 1323 yilda Oksford dorilfununi kantsleri bilan janjallashib
qoladi. Kantsler faylasufga qator ayblar taqab, papa Ioann XXII ga xabarnoma yo‘llaydi.
1324 yilda Okkam papa Ioann XXII ning Avinondagi qarorgohiga jo‘natiladi. U Avinon
ibodatxonasining turmasida to‘rt yil sud hukmini kutib yotadi va 1328 yilning may oyida
olmon imperatori Lyudvig IX Bavarskiy huzuriga qochib boradi. Faylasuf umrining
oxirigacha Olmoniyada yashaydi. 1349 yili Uilyam Okkam Myunxen shahrida vabo bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |