Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
196 Inqiloblar va ijtimoiy bo‘hronlar jamiyat uchun kulfat, albatta. Shu bois jamiyat ularni mustaqillik va bardavom farovonlikka erishish yo‘lidagi muqarrar, lekin muvaqqat bosqich sifatidagina qo‘llashi mumkin. * * * Kuch bilan o‘rnatilgan hukumat kuch bilan saqlab turiladi. * * * Baxtli bo‘lmoq uchun davlatmandlikning o‘zigina kifoya qilmaydi. Buning uchun boylikdan foydalanishni ham uddalash kerak. * * * Bu olamda ro‘y bergan eng yirik voqealar asosida yotuvchi istaklar aql ko‘zi bilan qaraganda arzimas bo‘lib tuyuladi. Ko‘pincha axloq xususidagi bahslar, bolalarcha injiqliklar, ixtiloflar, qandaydir vazir yoki xonimning yomon kayfiyati, elchining surbetligi, qaroqchining qo‘polligi, noto‘g‘ri qabul qilingan so‘z – mamlakatda urush olovini yoqish uchun kifoya qiladi. * * * Erishilgan narsalar ularga sarf etilgan quvvat va xarajatlarni qoplaganini kamdan-kam hollarda ko‘rish mumkin. Hukmdorlarning siyosati odatda katta sarf-xarajatlar evaziga mayda narsalarga erishish bilan chegaralanadi. * * * Bolaligidanoq o‘zining noto‘g‘ri fikrlari izmida bo‘lgan, mutaassiblikka mukkasidan ketgan odamlar ko‘zlaridagi jaholat pardasini saqlab qolishni muhim deb hisoblashadi va ularning ko‘zini ochishga uringan kishilar bilan kurashishadi. Agar zulmatga o‘rganib qolgan ko‘zlari bir lahza yorug‘likni ko‘rgudek bo‘lsa, bundan azob chekishadi va g‘azab bilan mash’al tutgan kishilarga tashlanishadi. * * * Inson baxti uning orzu-istaklari tashqi muhitga qanchalik mos tushishi bilan belgilanadi. Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 197 KANT IMMANUIL (1724-1804) Germaniyalik mutafakkir Immanuil Kant Kyonigsberg shahrida hunarmand usta Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling