Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
«Etokratiya yoki axloqqa asoslangan hukumat» (1776)
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
«Etokratiya yoki axloqqa asoslangan hukumat» (1776).
Golbax «Tabiat tizimi» asarini do‘stlari davrasida vasiyatnoma deb atagan. Olim o‘zi asarlar yozibgina qolmay, o‘zi sevgan kitoblarni to‘plagan, avaylab saqlagan. Uning shaxsiy kutubxonasida 2777 jild kitob bo‘lgan. 1770 yilda Golbaxning «Tabiat tizimi», «Nasroniylikning fosh etilishi» va «Tabarruk maraz» asarlari Parij parlamenti tomonidan yoqishga hukm qilindi, chunki ularda dahriylik ruhidagi fikrlar bor edi. Olimning e’tiqodiga ko‘ra, inson tabiatning bir bo‘lagi, shuning uchun ham faoliyati tabiat qonunlariga bo‘ysunadi. Faylasuf shunga ko‘ra insonning biri ikkinchisiga qarama-qarshi turgan, ikki xil mohiyatga ega bo‘lgan diniy qarashlarini tanqid qiladi. * * * Inson – tabiat mahsuli. * * * Inson o‘zini tabiatning imtiyozli mavjudoti deb bilishi uchun hech qanday asos yo‘q. Zotan, u ham tabiatning boshqa mahsullari kabi beqarorlikka mahkum etilgan. Uning soxta ustunligi zamirida faqat adashish yotadi. Inson o‘zi makon etgan yer kurrasi uzra fikran yuksaklikka ko‘tarilib ko‘rsin-chi. Shunda u odamzotga xuddi boshqa hamma mavjudotlarga qaragandek qaraydi. Har bir daraxt o‘ziga xos meva bergani kabi har bir inson ham o‘zining alohida quvvatiga xos ravishdagi harakatlari yoki qilmishlari mevasini berayotganini ko‘radi. Hamda o‘zining o‘rnini qayta baholashga undayotgan puch xayolligini inson bir vaqtning o‘zida ham Koinot kuzatuvchisi, ham Koinotning bir bo‘lagi ekanligi tufayli paydo bo‘lganini anglaydi. * * * Biz sababi o‘zimizga noma’lum bo‘lgan, bilimsizligimiz hamda tajribasizligimiz tufayli avvaldan ko‘rib bo‘lmaydigan narsalarni tasodifiy hodisalar deb ataymiz. * * * Jamiyatlar ham tirik organizmlar kabi inqirozlar, aqlsizlik lahzalari, inqiloblar, hayotiy o‘zgarishlarni boshidan kechiradi, ular ham tug‘iladi, o‘sadi, o‘ladi, sog‘lomlikdan bemorlik sari, bemorlikdan salomatlik sari yuz tutadi va nihoyat, barcha inson zoti kabi bolalik, yoshlik, yetuklik, keksalik bosqichlaridan o‘tib, o‘limga ro‘baro‘ bo‘ladi. * * * Mustabid hukmdor hokimiyati doimo xalq vakillari hukmiga itoat etishi hamda o‘zlariga ishonch bildirgan odamlarga doimo tobe bo‘lishi zarur. Vakillar bu odamlarga nisbatan xo‘jayin emas, balki ijro etuvchi, ishonchli shaxslardir. * * * |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling