www.ziyouz.com кутубхонаси
204
IOGANN VOLFGANG GYOTE
(1749-1832)
Nemis faylasufi Iogann Volfgang Gyote Frankfurt shahrida tug‘ilib o‘sdi. U 17 yoshida
huquqni o‘rganish maqsadida Leyptsig shahriga jo‘naydi. Keyin Stasburgda tahsil oladi.
21 yoshida Iogann Gotfrid Gerder (1744-1803) bilan uchrashadi.
1775 yilning 7 noyabrida yosh daho Gyote gertsog Karl Avgust taklifiga binoan
Veymarga keladi. U gertsogning maxfiy maslahatchisi lavozimini ado etib, ma’muriy
boshqaruv san’atiga doir mo‘‘jizalarni namoyish etishga muvaffaq bo‘ladi. Qisqa vaqt
ichida mukammal tartib-intizom o‘rnatib, davlat xazinasini boyitadi.
Gyote bashoratchilik qobiliyatiga ham ega edi. U ko‘p voqealarni oldindan aytib bergan
va hech qachon adashmagan. Gyotening tabiatida beqarorlik, jizzakilik, yengiltaklik kabi
xususiyatlar ham bo‘lganidan atrofdagilar uni badfe’l odam deb hisoblashgan.
Gyote 3000 dan ziyod she’rlar muallifi. Uning Veymarda chop etilgan asarlar to‘plami
143 jilddan iborat. Quyida ularning eng asosiylarini sanab o‘tamiz:
«Tavrida ifigeniyasi» (1787), «Rim elegiyalari» (1788), «Torkvato Tasso» (1796),
«Nabotot evrilishi» (1790), «Faust» (1808), «Sehrli sibizg‘a», «Rang haqida ta’limot».
1797-1817 yillarda Gyote Veymar teatrini boshqargan. 1794 yili Iogann Fridrix Shiller
(1759-1805) bilan tanishgan. 1808 yilda Napoleon bilan uchrashgan. Gyote og‘ir sil
xastaligi bilan og‘rigan. Shunday vaqtlar bo‘lganki, tomog‘idan qon quyulib kelgan,
ammo shunga qaramay, u 83 yillik umrini mutlaqo sog‘lom odamdek yashab o‘tgan.
Salomatligini mustahkamlash va tabiatidagi nuqsonlarni yengishda yuksak irodasini,
sabot-matonatini namoyish etib, zamondoshlarini hayratga solgan.
Gyote haqidagi ma’lumotlarning bizga to‘laligicha yetib kelishida uning xonadonida
Do'stlaringiz bilan baham: |