Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
yordamchi-kotib bo‘lib ishlagan yosh adabiyotshunos Iogann Peter Ekkermanning
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
yordamchi-kotib bo‘lib ishlagan yosh adabiyotshunos Iogann Peter Ekkermanning
xizmatlari katta. Manbalarga ko‘ra, Gyote qo‘l urmagan kasb bo‘lmagan: u portretnavis, manzaranavis rassom, haykaltarosh, me’mor, tanqidchi, xotiranavis, publitsist, aktyor, rejissyor, teatr direktori, muqovachi, zargar, kimyogar, anatom, botanik, fizik, geolog, optik, faylasuf, falakshunos, muarrix, san’atshunos, davlat arbobi, moliyachi, kutubxona mudiri ham bo‘lgan. * * * Insonning tavba-tazarruga bo‘lgan ehtiyoji hech qachon yo‘qolmaydi. * * * Mayda odamlar orasida maydalashasan. Katta odamlar orasida esa o‘zing ham o‘sasan. * * * Inson kurashchi demakdir. * * * Yashashga va erkinlikka har kuni ular uchun kurashuvchi odamgina loyiqdir. * * * O’zim to‘g‘rimdagi bilimsizligim lahza sayin oshib bormoqda. * * * Aytishlaricha, ikki qarama-qarshi fikr orasida haqiqat yotar emish. Aslo bunday emas, ularning Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 205 orasida muammo yotadi. * * * Nafrat faol norozilik tuyg‘usi, hasad esa, aksincha, sust norozilik hissidir. Shu bois hasadning qisqa fursatda nafratga aylanishidan hayratlanmaslik kerak. * * * Hammaga birdek yoqish istagi eng kulgili istakdir. * * * Chorak soat davomida tovlanib turgan kamalakni payqamay qo‘yadilar. * * * Aql bilan muhabbat o‘rtasida hech qanday umumiylik yo‘q! * * * Yaxshilikni yo‘qotish – kam yo‘qotish, nomusni yo‘qotish – ko‘p yo‘qotish, mardlikni yo‘qotish – hamma narsani boy berish demakdir. * * * Yashash uchun g‘alaba qozonishni o‘rgan. * * * Dadil fikrlar shashka o‘yinidagi oldingi qator donalari vazifasini bajaradi: ular halok bo‘lsa-da, g‘alabani ta’minlaydi. * * * Vaqt nafaqat odamlar, balki yodgorliklar ustidan ham hukmronlik qiladi. * * * Inson uchun faqat birgina baxtsizlik mavjud. U ham bo‘lsa, hayotga hech bir foydasi tegmaydigan yoki mehnatdan chalg‘itadigan g‘oya bilan band bo‘lish. * * * Hamma narsani zudlik bilan qaytadan boshlash istagi insonning o‘ziga xos xususiyatidir. * * * Har bir faoliyatni u uzoq davom etishi va hatto orzuga, hayot tarziga aylanishi kerak bo‘lgan taqdirda ham bayram bilan boshlamaslik joiz. Faqat eson-omon nihoyasiga yetkazilgan ishnigina bayram qiling. Ishni tantana bilan boshlash ishtiyoqimizni oshiruvchi va keyingi sa’y-harakatlarimizda yo‘ldosh bo‘luvchi g‘ayrat hamda kuch-quvvatimizni so‘ndiradi. * * * Eng qiyin narsa nima? Bu siz uchun eng oson tuyuladigan ish: ya’ni shundoqqina ko‘z oldingizda turgan narsalarni ko‘rishdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling