kabi yog‘du sochaveradilar, ezgulik yo‘lini ko‘rsatuvchilar yulduzlarga o‘xshab mudom va
mangu charaqlab turaveradilar».
Faylasufning hayoti haqida uning o‘g‘li Immanuil German Fixte o‘z xotiralarida yozib
qoldirgan.
Fixtening to‘la asarlari to‘plami 8 jilddan iborat bo‘lib, undan quyidagi asarlar o‘rin
olgan:
«Axloqiylik haqidagi ta’limot tizimi» (1794), «Olimning vazifalari to‘g‘risida
ma’ruzalar» (1794), «Umumiy ilmi donish asoslari» (1794-1795), «Ilmi donish yoki
falsafa deb ataluvchi tushuncha to‘g‘risida», «Tilga qobiliyat va tilning kelib chiqishi
to‘g‘risida» (1795), «Tabiiy huquqning ilmi donish tamoyillariga muvofiq asoslari»
(1797), «Keng ommaga eng yangi falsafaning asl mohiyati haqidagi quyosh kabi yorqin
xabar» (1800), «Yopiq savdo davlati» (1800), «Yangi falsafiy tamoyillarning ilmi donish
nuqtai nazaridan tarixi va tanqidi» (1830).
Fixtening qarashlari o‘ziga xos va favqulodda sermahsuldir. Uning fikricha, Alloh
yaratgan olam ichra yana bir olam – inson olami mavjud. Uni inson yaratgan. Aslini
olganda bizni o‘rab turgan olamda odamlar qo‘li bilan yaratilgan narsalar bisyor. Ular
zamondoshlarimiz, ajdodlarimiz mahsulidir. Biz bu mahsullarni so‘zda ifoda etamiz,
fikrlar vositasida o‘ylaymiz. Ajdodlardan meros qolgan muammolarni muhokama qilamiz.
Ular nom qo‘ygan va oydinlashtirgan narsalarni ko‘ramiz. Ular qoldirgan turmush tarzi
asosida yashaymiz. Inson oyog‘i yetmagan go‘shasi yo‘q tabiatning qo‘ynida kun
kechiramiz. Hamma narsaning tarxi buzilgan, hamma narsaga ta’sir o‘tkazilgan, hamma
narsa o‘zgartirilgan. Fixte ana shunday xulosalar bilan olamni o‘rganish va anglashdagi
yangicha, dadil tashabbuslarga yo‘l ochib berdi.
* * *
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Do'stlaringiz bilan baham: |