Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
209 mavjudligidan quvonadi. * * * Chin xushmuomalalikka aynan burch sifatida qaramoq joiz. Umuman, biz o‘zgalarga iltifotli bo‘lmog‘imiz kerak. * * * Insonning burchlari to‘rt turga bo‘linadi. 1) O’z oldidagi burchi. 2) Oilasi oldidagi burchi. 3) Davlat oldidagi burchi. 4) O’zga odamlar oldidagi burchi. * * * Or-nomus tamoyillarining asosiy qoidalaridan biri shundan iboratki, har bir odam kim bo‘lishidan qat’i nazar, o‘z xatti-harakati bilan o‘zgalar undan ustun bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi joiz. * * * Inson o‘ziga xo‘jayin bo‘lmas ekan, tabiatga ham egalik qilolmaydi. * * * Inson bilim tufayligina barhayotdir. Bilim, tafakkur inson hayoti, barhayotligi negizidir. * * * Shiddat bilan tanazzulga yaqinlashib borayotgan xalqning taqdirini faqat dahogina saqlab qolishi mumkin. * * * Haqiqatga qalb ko‘zi bilan boqmoq joiz. Tandagi ko‘z bilan uni ko‘rib bo‘lmaydi. * * * O’rni kelganda haqiqatni aytmaslik yaxshi emas. Bu narsa o‘zingni ham, o‘zgalarni ham tahqirlash demakdir. Biroq layoqat yoki huquq bo‘lmaganda haqiqatni aytmagan ma’qul. * * * Oqilona maqsadga erishish uchun intiluvchi tirishqoq odamga irodaviy qudrat qanchalar zarur bo‘lsa, qaysarlik shunchalar nomaqbuldir. * * * Men ko‘plab ajoyib fanlarni bilaman, ammo falsafadan ajoyibrog‘ini topolmadim. Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 210 STENDAL (1783-1842) Frantsuz adibi, faylasuf va insoniy ehtiroslar nazariyotchisi Stendal Frantsiyaning Grenbi shahrida tug‘ilib o‘sdi. Uning haqiqiy ismi Anri-Mari Beyl edi. Stendal 1800-1812 yillarda Bonapart qo‘shinida xizmat qilgan. Borodino janglarining guvohi bo‘lgan. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling