Bonapart inqirozga uchragandan keyin Italiyaga jo‘nab ketadi. 1821 yilda esa yana
Frantsiyaga qaytadi.
1831 yilda Frantsiya konsuli sifatida Italiyaning Chivitavekkya shahriga ko‘chib o‘tadi.
Uning birinchi asari
«Rim, Neapol va Frantsiya»
(1817) deb nomlangan.
Zamondosh odamlarning sevishga qodir emasligi – Stendal romanlarining yetakchi
mavzusi edi.
Uning quyidagi asarlari ma’lum:
«Italiya tasviriy san’ati tarixi» (1817), «Sevgi haqida
(1822), «Armans yoki 1827 yildagi Parij salonidan lavhalar» (1827) (Stendalning mazkur
birinchi romani e’tiborsiz qolgan), «Qizil va qora» (1831), «Lyusen Leven» («Qizil va
oq») (1836), «Parma ibodatxonasi».
Stendal 1842 yilda
«Lamel»
nomli so‘nggi romanini yozib tugatolmay miyasiga qon
quyilishi oqibatida vafot etdi.
Stendalning
«Sevgi haqida»
nomli asari yetarli muvaffaqiyat qozonmagan bo‘lsa-da,
muallif tomonidan uzoq yillar mobaynida yig‘ilgan sevgining o‘ziga xos jihatlari
to‘g‘risidagi fikrlar hamon o‘z qimmatini yo‘qotmagan.
* * *
Boy berilgan narsa to‘g‘risidagi xotira kelajakdan kutishimiz mumkin bo‘lgan narsadan doim ustun
turadi.
* * *
Askar kasalxona to‘g‘risida o‘ylamagani kabi yozuvchi ham tanqid haqida o‘ylamasligi kerak.
* * *
Sabr-toqat hamda g‘azabni jilovlay olish qobiliyatidan mahrum kishini siyosatchi deb bo‘lmaydi.
* * *
Tuyg‘ular olamida faqat birgina qonun – o‘zing uchun sevimli odamga baxt ato etmoq qonuni
hukmrondir.
* * *
Do‘st uchun o‘zni har kuni va pinhona qurbon qilmoq muayyan bir vaziyatda uning uchun jon fido
etmoqlikdan a’loroqdir.
* * *
Dunyoda ikki baxtsizlik bor: ehtirosning qondirilmay qolishi va haddan ortiq g‘am-anduh chekish.
* * *
Go‘zallik – baxt haqidagi bir va’da, xolos.
* * *
Husn sevgining paydo bo‘lishida peshlavha kabi zarurdir.
* * *
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Do'stlaringiz bilan baham: |