Muvafaqqiyat, muxandis, mone’lik


Download 13.12 Kb.
Sana11.01.2023
Hajmi13.12 Kb.
#1089432
Bog'liq
Majburiy 1 Ona tili


  1. Imloviy jihatdan noto’g’ri yozilgan so’zlarni belgilang.

  1. Meteorit, ma’yus, mashoyix

  2. Modernizatsiya, mirzaterak, mijig’lamoq

  3. Muvafaqqiyat, muxandis, mone’lik

  4. Momataloq, mudofaa, monopoliya




  1. Imloviy xato yozilgan so’z berilmagan qatorni toping.

  1. Uning eng go’zal damlari, ma’sud kunlari, hayotining eng shirin lahzalari mana shu dargoh bilan bog’liq.

  2. Boshining lo’qqillab og’rishiga qaramay bor kuchini to’plab dars qilishga tutindi.

  3. Juz’iy xatolarni demasa, aytarli kamchiliklarni ko’rmadim, Siz-chi, professor?

  4. Podshohi xumoyun bu farmonga imzo chekarkan, ko’z oldidan saltanatga qutqu solgan g’animlarning behad shodlanishlari keldi.




  1. Qaysi qatorda qo’shimchalarni qo’llash bilan bog’liq uslubiy xatolik berilmagan?

  1. O’limdan ham battar, yomon narsa beaxloqsizlik va xoinlik bilan nom chiqarishdir.

  2. Boqqani ikki echki, o’shqirgani yer tebratar.

  3. Tilingga juda ehtiyot bo’ldim, boshing omon saqlanadi.

  4. Shahzoda hamma dardini aytib ko’nglini bo’shatsin uchun Xonzoda begim uning gapini bo’lmay jim tingladi.

4. Qaysi so`zda ikki bo`g`inli qo`shimcha ishtirok etgan so`z berilgan?
A) beilm B) ulug‘lamoq C) ilmparvar D) ulug‘vorlik

5. O‘g‘lining uchinchi marta olib kelgan pulini otmoqchi bo‘lganida, bola uning qo‘liga yopishadi.


Gapdagi fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so`zning tarkibi haqida bildirilgan qaysi fikr to`g`ri?

  1. ikki ma`noli qismdan iborat

B) tarkibida faqat sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha mavjud
C) asos va bitta qo`shimchadan iborat D) so`z tarkibi tartibi buzilgan

6. Shakldosh qo`shimchali so`zlar juftligini aniqlang.


A) kitobimiz – boramiz B) chayqa – qishloqqa
C) dastlab – o`nlab D) bilim – o`lim

7. Narsani (predmetni) boshqa biror narsaga nisbatlash (qiyoslash), o'xshatish yo'li bilan bildiruvchi qo'shma ot va qo'shma sifatlar…


A) ajratib yoziladi B) chiziqcha bilan yoziladi
C) qo`shib yoziladi D) bosh harf bilan yoziladi

8. Qaysi qatorda omonim bo`lmagan so`zlar berilgan?


A) yer, taxt B) ko‘r, oq
C) kosa, niqob D) chang, rasm

9. Zamonaviy bilimga ega, odobli, ilmli, barkamol va shijoatli farzandlar bizning yutug`imizdir.


Ushbu gapda nechta yasama so`z bor?
A) 5 ta B) 7 ta C) 4 ta D) 6 ta

10- Qaysi qatorda sintaktik usulda yasalgan yasama fe`l berilgan?


A) ko`rib qolmoq B) gapirib bermoq C) sotib olmoq D) haydab yubormoq

9. So`z tarkibi tartibi buzilgan so`z uchraydigan javobni toping.


A) oqayotganda B) eslaganlik C) chidamli D) bosqinchilik

10. So`z qo`llash bilan bog`liq xatolik mavjud gapni aniqlang.


A) Devordagi yoriqdan ko`chaga termulib turardi.
B) Yaxshiga yondosh, yomondan qoch.
C) Qaddi rost shamning tilidan o`rtanur parvona ham.
D) Musiqachilar tor, g`ijjak, tanbur, doira bilan kirib kelishdi.
Download 13.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling