www.ziyouz.com кутубхонаси
220
VASILIY VASILEVICH ROZANOV
(1856-1919)
Vasiliy Rozanov Rossiyaning Vetluga viloyatida kambag‘al, serfarzand oilada dunyoga
keldi. U uch yoshida otadan yetim qolib, buvisi bilan yashay boshladi.
Rozanovlar oilasi og‘ir jismoniy mehnat bilan g‘aribona, mashaqqatli hayot
kechirishgan. Vasiliy Rozanov gimnaziyaning ikkinchi sinfida o‘qiyotganda onasi vafot
etadi va farzandlar tarbiyasi to‘ng‘ich o‘g‘il Nikolayning qo‘liga o‘tadi.
Vasiliy Rozanov 1882 yilda Moskva universitetining tarix-filologiya fakultetini
tamomlaydi.
Keyin 13 yil davomida Bryansk, Yelts shaharchalaridagi gimnaziyalarda tarix va
geografiyadan dars beradi.
Fikrlash tarzidagi achchiq tanqidiy uslub tufayli Rozanovning do‘stlari uncha ko‘p
bo‘lmagan. Bundan tashqari uning o‘zi ham yolg‘izlikka moyil bo‘lgan.
V.Rozanov har bir narsa yuzasidan qarama-qarshi, parodoksal shaxsiy nuqtai nazarga
ega bo‘lgan.
Og‘ir va nochor o‘tgan bolalik Rozanovni yashash uchun juda muhim bo‘lgan fikriy
moslashuv, egiluvchanlikdan mahrum etgandi. Shu tufayli sevish uning uchun tanqid
qilmoq va kurashmoq bilan teng edi.
1893 yilda Rozanov Davlat nazorati (aktsiz) idorasiga ishga o‘tadi va Peterburgga
ko‘chib keladi.
1899 yili esa iste’foga chiqadi hamda «Novoe vremya» gazetasida ijodiy xodim bo‘lib
ishlay boshlaydi va o‘zini butkul adabiy faoliyatga bag‘ishlaydi.
Oktyabr inqilobidan so‘ng u faylasuf va ilohiyotchi Pavel Florenskiy bilan Avliyo Sergey
ibodatxonasida yashaydi.
1918 yili Rozanovning miyasiga qon quyiladi, uch oydan keyin esa vafot etadi.
Uning quyidagi asarlari ma’lum:
«Anglash to‘g‘risidagi fanning tabiati, chegaralari va
Do'stlaringiz bilan baham: |