Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/184
Sana08.07.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1659214
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   184
Bog'liq
96 faylasuf

www.ziyouz.com кутубхонаси 
166
JON LOKK 
(1632-1704) 
 
Ingliz faylasufi Jon Lokk Angliyaning janubi-g‘arbidagi Somerset grafligiga qarashli 
Rington shaharchasida tug‘ildi. 
Lokkning otasi advokat bo‘lib, Kromvel armiyasining otliq eskadroniga qo‘mondonlik 
qilgan. 
Jon Lokk Oksford dorilfununi qoshidagi diniy kollejda ta’lim oldi. Keyinchalik tibbiyot 
ilmini o‘rgandi. 1656 yilda u Oksford dorilfununining bakalavrlik, 1658 yilda esa 
magistrlik ilmiy darajasiga sazovor bo‘ladi. U kimyogar Robert Boyl bilan do‘stlashadi. Bu 
do‘stlik unda faylasuflar Dekart va Gassendi ta’limotiga qiziqish uyg‘otadi. 
Jon Lokk oliy hukumat idoralarida xizmat qilib, mansab pog‘onalaridan tez yuqorilab 
boradi va Angliya hukumatining lord kantsleri lavozimiga erishadi. 
Jon Lokk 39 yoshidan boshlab falsafa ilmini ishtiyoq bilan o‘rganishga kirishadi. 1682 
yilda olim hukumatda yuz bergan siyosiy tanglik tufayli Angliyani tashlab Niderlandiyada 
yashaydi. 1689 yilda u vataniga qaytadi va birin-ketin xorijda yozgan asarlarini chop 
etadi. Uning quyidagi asarlari ma’lum: 
«Tabiat qonunlariga doir tajribalar» (1662-1664 
y.), «Din erkinligini e’tirof etishga doir tajriba» (1667 y.), «Tibbiyot san’ati haqida» 
(1669y.), «Inson tafakkuriga doir tajribalar» (1689 yil, olim bu asar ustida 20 yildan 
ziyod mehnat qilgan), «Tarbiyaga oid ba’zi fikrlar» (1693 y.) va hokazo. 
 
 
* * * 
Bilimlarimiz barcha mushkulotlarni qamrab olish va hamma savollarga javob topish qudratidan 
mahrumdir. 
* * * 
Biron bir haqiqat yo‘qki, uni butun insoniyat birdek qabul qilsa. 
* * * 
Menimcha, ruhning moddiy yoki nomoddiyligiga doir muammoning yechimi bizning bilim 
doiramizdan tashqarida yotadi. 
* * * 
Ilm olmoqlik yaxshi ruhiy sifat egalarida ezgu fazilatlarning yanada ravnaq topishiga xizmat qiladi. 
Yaxshi ruhiy sifatlardan mahrum odamlar esa qancha ko‘p ilm olsalar, shuncha ahmoqroq va 
bema’niroq bo‘lib boradilar.
* * * 
Hasad – o‘zimiz istagan ezgulikka o‘zgalarning erishgani tufayli yuzaga keladigan ruhiy bezovtalik. 
* * * 
Hech shubha yo‘qki, bema’ni xatti-harakatlar yaxshi qoidalardan ko‘ra kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi. 
* * * 
Kulgi o‘zgalardagi qusurni namoyish etishning nozik vositasidir. 
* * * 
Inson xatti-harakatlari uning fikrlari tarjimonidir. 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
167
* * * 
Jasorat qolgan barcha ezgu fazilatlarning posboni va tayanchidir. Kimki bu sifatdan mahrum ekan, 
o‘z burchini qat’iylik bilan bajarish hamda chin insonga xos barcha yaxshi fazilatlarni namoyish 
etishdan ojiz qoladi. 
* * * 
Insondagi yovuzlik va ezgulik ham, zararkunandalik va hojatbarorlik ham tarbiyaning mevasidir. 
* * * 
Yomon tarbiya ko‘rgan odamdagi jasorat – dag‘allikka, bilimdonlik – maydakashlikka, zakovat – 
masxarabozlikka, ochiq ko‘ngillik – munofiqlikka aylanadi. 
* * * 
Ehtimollik bilimdagi kemtiklarni to‘ldiradi. 
* * * 
Tafakkur xuddi ko‘z kabi atrofdagi narsalarni ko‘rish va tahlil qilish imkonini yaratadi-yu, lekin 
o‘zimiz haqimizda hech qanday bilim bermaydi. Tafakkur yordamida ma’lum masofadan turib 
o‘zimizga nazar tashlash uchun bizdan yuksak san’at va mehnat talab etiladi. 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling