www.ziyouz.com кутубхонаси
217
FRIDRIX VILGELM NITSHE
(1844-1900)
Nemis faylasufi Fridrix Nitsshe Prussiyaning Ryokken muzofotidagi protestant
ruhoniysi oilasida dunyoga keldi. Nitsshelar sulolasining uchinchi avlodi polyak
dvoryanlariga mansub bo‘lgan.
Nitsshe taqvodorlik muhitida o‘sgan. Gimnaziyadagi do‘stlari uni «ibodatxonadagi 12
yoshli Iso»ga o‘xshatib «Mitti pastor» deb atashgan. Nitsshe Injil suralarini va cherkov
qo‘shiqlarini shu darajada ta’sirchan ijro etganki, tinglovchilar beixtiyor ko‘zlariga yosh
olishgan.
Nitsshe Bonn va Leyptsig shaharlarida ta’lim olgan. Mutaxassisligiga ko‘ra filolog
bo‘lgan Nitsshe tengqur talabalar orasida o‘zining kuchli qobiliyati bilan ajralib turgan. U
22 yoshida Markaziy adabiy gazetada xizmat qilgan.
25 yoshida Bazel universitetining professori bo‘lgan.
Nitsshe 1869-1879 yillar oralig‘ida Bazelda yashagan hamda faylasuf Rixard Vagner
bilan tanishgan. Nitsshening o‘zi bu haqda shunday deb yozadi: «Biz bir necha yil Vagner
bilan hamma katta-kichik narsalarni teng baham ko‘rdik; o‘rtamizdagi ishonchning cheki
yo‘q edi».
Nitsshe bosh og‘rig‘i va qandaydir noma’lum kasallik xurujidan umr bo‘yi azob
chekkan.
Nitsshe Artur Shopengauerning yovvoyilar to‘dasi to‘g‘risidagi masalini o‘qigach,
jamiyatning ichki mohiyati nimadan iboratligini anglab oldi. Shundan keyin u
Shopengauerning ashaddiy muxlisiga aylandi. Chunki Shopengauerning ko‘plab fikrlari
Nitsshega juda yaqin edi.
1876 yilning kuzida Nitsshe salomatligi yomonlashgani tufayli universitetdagi
ma’ruzalarini to‘xtatib, bir yillik ta’tilga chiqadi va Sarrentoga ko‘chib o‘tadi. Ana shu
yerda uning dunyoqarashida keskin burilish ro‘y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |