www.ziyouz.com кутубхонаси
214
* * *
Mutolaa kallang o‘rniga boshqaning kallasi bilan o‘ylamoq demakdir.
* * *
Ma’lumki, ko‘pchilik bo‘lib kulfatlarga dosh berish osonroq. Aftidan, odamlar bekorchilikni ham
kulfatlar qatoriga kiritishadi. Va birgalikda bekorchilik qilish maqsadida majlislar uyushtirishadi.
* * *
Umr qisqa. Haqiqat esa uzoq yashaydi. Keling, haqiqatni so‘zlaylik!
* * *
Agar chindan ham kimdir biz uchun juda qadrli bo‘lsa, buni uning o‘ziga aytishni jinoyatga qo‘l
urish bilan barobar deb bilmoq kerak. Bu uncha yoqimli bo‘lmasa-da, to‘g‘ri maslahat. Chunki ortiqcha
erkalash odamlar uyoqda tursin, hatto itlarni ham buzadi.
* * *
Yolg‘iz qolish bizni doimo odamlar ko‘z o‘ngida yashash zaruriyatidan va shuning barobarida
ularning fikri bilan hisoblashishdan forig‘ etadi.
* * *
Yolg‘izlikni sevmaydigan odam – erkinlikni sevmaydi. Chunki faqat yolg‘izlikdagina erkin bo‘lish
mumkin.
* * *
Shunday avlodlar keladiki, ular mening har bir satrimni quvonch bilan qo‘llab-quvvatlaydilar.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
215
PETR YAKOVLEVICH CHAADAYEV
(1794-1856)
Rus mutafakkiri P.Ya.Chaadaev dvoryan oilasida dunyoga keldi. Bolaligidanoq to‘g‘ri
va qat’iy fe’l-atvor egasi bo‘lgan Chaadaevda o‘z qadrini bilish hissi kuchli edi.
P.Chaadaev Moskva universitetini tamomlagan. Universitetda o‘qib yurgan kezlari
A.Griboedev, N.Turgenev, I.Yakushin kabi yozuvchilar bilan do‘stlashgan.
Harbiy xizmatga kirgan Chaadaev 1812 yili Borodino jangida ishtirok etib, ko‘rsatgan
jasorati uchun IV darajali Anna ordeni hamda Temir krest bilan mukofotlangan.
Tarixchilarning yozishicha, urush tugagach Chaadaevni katta davlat lavozimiga (shoh
Do'stlaringiz bilan baham: |