«O’sha davrda men nafaqat Vagner bilan aloqani uzish to‘g‘risida bir qarorga keldim,
balki umuman yanglishganimni anglab yetdim…» deb yozadi Nitsshe.
1880 yilda Nitsshe Yevgeniy Dyuring qalamiga mansub «Falsafa kursi» asarini o‘qib
chiqadi. Bu asar uning dunyoqarashiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Nitsshega, ayniqsa,
faylasufning koinotdagi barcha jarayonlarning davriy xususiyatga ega ekanligi, ularning
doimo takrorlanib turishi to‘g‘risidagi fikrlari ma’qul keladi. Shu asosda o‘zining bu
boradagi shaxsiy fikrlarini rivojlantiradi va «Mangu qaytarilish» haqidagi qarashlar
tizimini ishlab chiqadi: «Hamma narsa mangu qaytarilishga mahkum. Biz qachonlardir
yana ayni vaziyatda uchrashamiz. Men yana xastalikda yashayman, siz esa yana mening
nutqimdan hayratga tushasiz… Mening o‘lish-o‘lmasligim baribir emasmi, chunki hech
narsa meni bu hayotdan uzoqlashtirmaydi ham, yaqinlashtirmaydi ham. Chunki har bir
lahza yana qaytariladi, har bir daqiqa mangudir».
Nitsshening quyidagi asarlari ma’lum:
«Tarixning hayot uchun foydasi va zarari to‘g‘risida» (1874), «Shopengauer murabbiy
sifatida» (1874), «Rixard Vagner Bayreytda» (1875-1876), «Erkin tafakkur sohiblari
uchun qo‘llanma» (1876-1878), «Tong yallig‘i» (1881), «Zardusht tavallosi: «Har bir
kishi va hamma uchun kitob» (1881-1885), «Quvnoq bilim» (1882), «Yovuz
donishmandlik: hikmatlar va dono so‘zlar» (1882-1885), «Axloqning
mohiyati» (1887),
«Hokimiyatga intilish»
(Mazkur asar 1906 yilda chop etilgan). Nitsshe 1889 yilning
boshida aqldan ozadi va oradan bir yil o‘tgach, vafot etadi.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
218
Do'stlaringiz bilan baham: |