Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Nitsshe falsafaga hozir ham qo‘llanib kelayotgan quyidagi ilmiy tushunchalarni kiritdi
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
Nitsshe falsafaga hozir ham qo‘llanib kelayotgan quyidagi ilmiy tushunchalarni kiritdi:
«Hokimiyatga intilish», «Barcha qadriyatlarni qayta baholash», «Odamlarning yangi nasli», «Mallarang dog‘ulilar», «Oliy inson». Nitsshe hayotni boshqalarga qaraganda teranroq his etgan. U o‘z aniq-ravshanligi bilan sirli, tushunarsiz darajada tushunarli bo‘lgan yagona faylasuf edi. * * * Kimdir bizdan uzr so‘ramoqchi bo‘lsa, bu ishni o‘ta mohirona bajarmog‘i kerak. Aks holda, biz o‘zimizni aybdordek noqulay his etamiz. * * * Har qanday haqiqat – egri. Chunki vaqtning o‘zi ham bir doiradir. * * * Men kitoblarimni doim butun jismi jonim va hayotim ila yozdim. Sof ruhiy muammolar neligini esa bilmayman. * * * Inson ham xuddi daraxtga o‘xshaydi. Daraxtlar yuksaklik, yorug‘lik sari qanchalik ko‘p intilsalar, ildizlari yer qa’riga, qorong‘ulikka – tubanlik tomon shunchalar chuqurroq kirib boraveradi. * * * Mangulikka daxldor bo‘lish uchun ba’zan hayotni qurbon qilishga to‘g‘ri keladi. * * * Axloqiylik majburiyatni keltirib chiqaradi. Keyinchalik u odatga aylanadi, undan so‘ngroq esa u ixtiyoriy itoatkorlikka va nihoyat, tabiiy maylga aylanadi. * * * Inson o‘zga kishi oldida ayblariga iqror bo‘lgach, ularni darhol unutadi. Ammo o‘zga kishi uning ayblarini yodida saqlab qoladi. * * * Mukammal ayol odamzotning komil erkakdan ko‘ra oliyroq turidir. Ammo ularning soni komil erkaklarga nisbatan kamroq. * * * Shunday qoida mavjudki, biz uning vositasida insonning hayotini tortib olishimiz mumkin. Biroq insondan uning o‘limini tortib olishga imkon beruvchi qoida mavjud emas. * * * Shuhratparast odam uchun o‘zgalarning fikri emas, balki o‘zining boshqalar fikri to‘g‘risidagi mulohazasi muhimroqdir. * * * Olijanoblik xushfe’llik va haddan ortiq ishonuvchanlik omixtasidir. * * * Hamdardlik dard chekishdan ko‘ra azobliroqdir. Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 219 * * * Isyon – qul uchun shon-shavkat. * * * Sen uni o‘z tarafingga og‘dirmoqchimisan? U holda uning huzurida o‘zingni dovdirayotgandek tut. * * * Har qanday jiddiy mehnat axloqimizga ta’sir o‘tkazadi. Diqqatimizni topshirilgan ishni bajarish uchun jamlashga bo‘lgan urinishimizni ruhiy olamimizga tashlangan toshga o‘xshatish mumkin. Tosh kelib tushgach, birinchi doira kichik bo‘ladi, keyingilari esa o‘z-o‘zidan kattalashib boradi. * * * Iztirob haqiqatga erishishning eng tezkor usulidir. * * * Bu olamda faqat uch narsa menga yupanch bo‘la oladi: mening Shopengauerim, Shuman va yolg‘izlikdagi sayrlar. * * * Biz nimani izlaymiz? Xotirjamlik, baxtnimi? Biz qanchalar dahshatli va jirkanch bo‘lmasin, haqiqatni izlaymiz. * * * Qachonlardir hamma narsa o‘z nihoyasiga yetadi. Shunda – menga ko‘rish nasib etmaydigan olis kunlarning birida — kitoblarimni qo‘lga olib ochishadi va o‘z o‘quvchilarim paydo bo‘ladi. Men ana shu muxlislarim uchun yozishim, shular uchun asosiy g‘oyalarimni nihoyasiga yetkazishim kerak. Hozir kurasholmayman – mening hatto dushmanim ham yo‘q. * * * Meni yaxshi o‘qishni o‘rganing! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling