Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/184
Sana08.07.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1659214
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   184
Bog'liq
96 faylasuf

KLAZOMENLIK ANAKSAGOR 
(Miloddan avvalgi 500-428 yillar) 
Yunon faylasufi Anaksagor tug‘ilganidan so‘ng uning na kulgani va na tabassum 
qilganini ko‘rishgan. U faylasuf Anaksimendan tahsil olgan. 
Anaksagor falsafaga shu qadar sho‘ng‘ib ketganki, xo‘jalik ishlari qarovsiz qolib, butun 
yer-mulki poda boqiladigan yaylovga aylangan. 
Anaksagor hur, noan’anaviy fikrlash tarzi tufayli ta’qiblarga duchor bo‘lgan. Bir qancha 
muddat turmada o‘tirgan. Anaksagorning faqat 
«Tabiat haqida»
 nomli asari bizgacha 
yetib kelgan. 
* * * 
Anaksagor shunday degandi: «Tuyg‘ularimizning ojizligi bois haqiqat xususida mushohada 
etmoqqa qurbimiz yetmaydi». 
* * * 
Anaksagordan so‘radilar: 
— Ne sababdan bu dunyoga kelmaslikdan ko‘ra, yorug‘ olam yuzini ko‘rmoqlik afzal sanaladi? 
Anaksagor dedi: 
— Chunki biz bu olamda osmon va Koinotning qanday tuzilganligi xususida mushohada yuritmoq 
imkoniga ega bo‘lamiz. 
* * * 
Anaksagor jamoat ishlaridan voz kechib, butun kuch-quvvatini tabiatni o‘rganishga bag‘ishlagan. 
Shu sababli undan ko‘pincha o‘z mamlakati uchun qayg‘urish-qayg‘urmasligi xususida so‘rashardi. 
Donishmand esa qo‘li bilan osmonga ishora qilib: 
— Men o‘z Vatanim haqida haddan ortiq qayg‘uraman! — deb javob berardi. 
* * * 
Aql nafaqat tirik mavjudotlarda, balki tabiatda ham mavjuddir. Va u butun olamdagi farovonlik 
hamda mavjud tartib-qoidalarning sababkoridir. 
* * * 
Har bir narsada barcha narsalarning ma’lum bo‘lagi, qismi mujassamdir. Faqat Aqlgina bundan 
mustasno. Aql har qanday bo‘lak va qismlardan xoli, o‘ziga-o‘zi hukmron hamda o‘z holicha 
mavjuddir. Bordi-yu, Aqlga biron narsa qorishib ketganda, u hech narsaga hokimlik qilolmasdi. Aql 
mavjud narsalarning eng yengil va musaffosi bo‘lib, jamiki bilimlarni o‘zida jo etgan va shuning uchun 
ham u benihoya qudratlidir. Ana shu qudrati ila u barcha tirik jonlarni boshqarib turgusidir. 
* * * 
«O’simliklar tirik mavjudotlardir. Ular ham his qiladilar, g‘am chekadilar, quvonadilar. Bu tuyg‘ular 
ularning yaproqlarida zohir bo‘ladi. Shuningdek, o‘simliklar aql va bilimga ham egadirlar», — degandi 
Anaksagor. 
* * * 
«Anaksagor olov va Quyosh ayni bir narsadir, deb hisoblaganda qattiq yanglishgandi, — deydi 
Suqrot. — Chunki u odamlar olovga bemalol qaray olishlarini, Quyoshga esa hech qachon tik 
boqolmasliklarini nazardan qochirgan. Shuningdek, Anaksagor inson terisi Quyosh nuri ta’sirida 
qorayishini, olov esa bunday qudratga ega emasligini; o‘simliklar Quyosh haroratisiz yashay 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
25
olmasliklari, olov taftidan esa halok bo‘lishlarini unutgan. Anaksagor Quyoshni olovda toblangan tosh, 
deb ta’riflagan. Ammo tosh qancha qizdirilmasin, hech qachon Quyosh kabi yog‘du tarata olmasligi 
kundek ravshandir. Quyosh esa doimo eng porloq yoritgich bo‘lib qolajak». 
* * * 
Har bir narsa tarkibida nimaningdir ustun darajada ko‘pligi bilan boshqa narsalardan ajralib turadi. 
Masalan, garchi tarkibida hamma narsa bo‘lsa-da, ammo oltin miqdori ustun ma’dan biz uchun 
oltindir. 
* * * 
Hamma narsalar birgalikda mavjud edi. Aql ularni ajratdi va tartibga keltirdi. 
* * * 
Harakat ibtidoga egadir. Hamma narsani harakatga keltirgan Ilohiy Tafakkur uchun ularning 
harakatini to‘xtatib qo‘yishga nima to‘sqinlik qiladi? 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling