kulib, haqoratlashgan. Suqrot hammasiga dosh bergan. Hatto bir kuni tepki yeganda
ham chidab turavergan. Odamlar bundan ajablanishganda ularga qarata shunday degan:
«Eshak tepsa, uni sudga berolmayman-ku!»
Suqrot mohir raqqos bo‘lgan va bunday mashqni jismning salomatligi uchun foydali
deb bilgan.
U talabalarga og‘zaki saboq bergan va hech qanday yozma manba qoldirmagan. Timey
ismli shogirdi: «Ey ustoz, nima sababdan dono fikrlaringizni qog‘ozga tushirmaysiz?» —
deb so‘raganda, Suqrot: «Ey Timey, o‘lik hayvonlarning terisiga ishonching va tirik,
barhayot fikrlarga ishonchsizliging juda mustahkam ekan», — deb javob bergan.
399 yil Suqrot bir yurtdoshining fitnasi tufayli fuqarolik me’yorlarini buzganlikda
ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingan va qatl etilgan. Sudda Suqrotning og‘zidan
chiqqan so‘nggi so‘zlar shunday bo‘lgan: «Menga o‘lish uchun, sizga esa yashash uchun
bu yerni tark etish fursati yetdi. Faqat buning qay biri afzalligi Xudodan o‘zga hech kimga
ayon emas».
Sudda 220 nafar odam Suqrotning aybsizligini yoqlab, 280 nafar kishi esa unga qarshi
ovoz bergan.
O’sha davrdagi qoidaga ko‘ra, o‘limga mahkum etilganlarga belgilangan vaqtda zaharli
tsikuta (zaharli suv o‘simligi, bodiyoni rumi, zangpoya deb ham ataladi) o‘simligini ezib
ichirishgan. ... Suqrot ruhining eson-omon boqiy dunyoga rixlat etishini Tangridan fikran
so‘rab, xotirjamlik va osonlik bilan zahar to‘ldirilgan idishni bo‘shatadi. Tegrasidagi
do‘stlari yig‘lab yuborishadi. Faylasuf ularni tinchlantirib, sukunatda hayot bilan
vidolashishi kerakligini uqtiradi. U bir oz yurib, oyoqlari og‘irlashgach, turma
burchagidagi yog‘och chorpoyaga cho‘ziladi. Keyin: «Kriton, biz Asklepiydan xo‘roz
qarzmiz. Xo‘rozni qaytaring, yodingizdan chiqmasin», — deydi shogirdiga. Bu Suqrotning
Do'stlaringiz bilan baham: |