Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
- Bu sahifa navigatsiya:
- va boshqalar shular jumlasidandir. Pifagorning o‘g‘li Arimnest Demokritning ustozi bo‘lgan.
www.ziyouz.com кутубхонаси
37 DEMOKRIT (Milloddan avvalgi 460-360 yillar) Qadimgi yunon faylasufi Demokrit Abdera shahrida tug‘ilib o‘sgan. U badavlat oilaning farzandi edi. Ammo boylikdan kechib, butun umrini kambag‘allikda o‘tkazdi. Bor umrini donishsevarlikka bag‘ishladi. Misr, Eron, Hindiston, Habashistonga sayohat qilgan. Demokrit shahar tashqarisida joylashgan yer ostidagi sag‘anada kechayu kunduz tinmay ijod bilan mashg‘ul bo‘lgan. U ellikka yaqin asar yozib qoldirgan. «Inson tabiati to‘g‘risida», «G’oyalar haqida», «Maqsad haqida» va boshqalar shular jumlasidandir. Pifagorning o‘g‘li Arimnest Demokritning ustozi bo‘lgan. * * * Ezgulik adolatsizlik qilmaslikkina emas, uni istamaslik hamdir. * * * So‘z — amalning soyasi. * * * O’zida yo‘q narsalar uchun g‘am chekmaydigan, boridan quvonadiganlar aqlli kishilardir. * * * Demokritning yuz-ko‘zidan sira tabassum arimagan. Chunki odamlar bajarayotgan barcha jiddiy amallar unga kulgili tuyulardi. Demokrit g‘ayrioddiy narsalarni darrov ilg‘ab olish va ulardan hayratlanishning hadisini olgan edi. Rivoyat qilishlaricha, Demokrit bir o‘tinchining sarjinlarni mukammal handasaviy shaklda taxlayotganini ko‘rib va bu ishni mutlaqo ongli ravishda, mustaqil bajarayotganini bilib hayratga tushadi. Taxminlarga qaraganda, bu o‘tinchi bo‘lg‘usi faylasuf Protagor edi. * * * Ne tongki, har qanday odam qancha qo‘yi borligini hech bir qiyinchiliksiz ayta oladi-yu, lekin hamma ham nechta do‘sti borligini sanab berolmaydi. Nahotki, do‘stlar shunchalik qadrsiz bo‘lsa? * * * Demokrit misdan yasalgan yaltiroq qalqonni quyoshga tutib, o‘z ko‘zlarini ko‘r qilgan. Faylasufning bu qilmishini turlicha izohlaydilar. Masalan, ba’zi manbalarga ko‘ra, Demokrit Quyoshning tabiatini tadqiq etarkan, XIX asrda hayotini elektromagnit to‘lqinlarini o‘rganishga bag‘ishlagan Xenri Xers taqdirini takrorlagan. Boshqa bir rivoyatda aytilishicha, Demokrit olamni «nomukammal asboblar» yordamida ko‘rish imkonidan o‘zini atayin mahrum etib, tafakkur ko‘zini ochish uchun ko‘zlarini «darcha»ga aylantirgan. Sitseron esa aytadiki: «Demokrit o‘zini-o‘zi so‘qirlikka mahkum etdi. Chunki faylasuf ko‘zning aldamchi manzaralari va to‘siqlaridan xalos bo‘lgan ong vositasida fikr yuritib, tabiatni mushohada etish va anglash kishiga ko‘proq zavq bag‘ishlaydi, deb hisoblardi». * * * Nafaqat yovni yengganlar, balki o‘z nafsi ustidan hukmronlik qila olganlar ham marddirlar, — deb yozadi Demokrit. — Ba’zilar butun boshli shaharlarga hokimlik qilish barobarida ayolning quliga aylanadilar. * * * |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling