Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Download 264.58 Kb.
bet27/115
Sana25.02.2023
Hajmi264.58 Kb.
#1229839
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   115
Bog'liq
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

(Miloddan avvalgi 372 (taxminan) -289 yillar)
«Men Koinot fuqarolaridanman», degan ekan Men-tszi. U Xitoyning hozirgi Shandun viloyati hududida joylashgan Lu xonligida tug‘ilib o‘sdi. Men-tszi Konfutsiyning nevarasi Szi Si qo‘lida tahsil olgan. Bu faylasuf mamlakatni muvaffaqiyatli idora etishning 12 qoidasini ishlab chiqqan.
O’zining ana shu g‘oyalarini amalga tatbiq etish niyatida u hukumat tizimiga ishga kirish uchun Xitoyning turli xonliklarini kezib, qisqa muddat Si xonligida maslahatchi bo‘lib ishlagan. Insonparvarlikka tayangan holda davlatni boshqarish g‘oyalarini hayotga tatbiq etish yo‘lidagi behuda urinishlardan so‘ng Men-tszi vatani Luga qaytadi va g‘oyaviy qarashlarini o‘zi tashkil etgan maktab, shogirdlari, kitoblari orqali targ‘ib va tashviq qiladi.
Men-tszining asosiy asari «Men-tszi» deb ataladi. Lyudvig Feyerbax: «Men-tszi Xitoyning Konfutsiydan keyingi eng buyuk faylasufidir», deb yozgandi.
MAMLAKATNI MUVAFFAQIYATLI IDORA ETISHNING 12 QOIDASI
1-qoida. Ezgulik va olijanoblikka tayanish.
Insonparvar hukmdorning muxolifi bo‘lmaydi.
* * *
Fuqarolarni kuch bilan bo‘ysunishga majbur etish mumkin. Ammo qalblarini bo‘ysundirib bo‘lmaydi. Odamlar davlat kuch jihatidan ustun bo‘lgani bois bo‘ysunishdan o‘zga iloj topolmaydilar. Ezgulik va olijanoblik vositasida fuqarolarni bo‘ysundirish esa qalblarda quvonch tuyg‘ularini uyg‘otadi va odamlar haqiqiy itoatgo‘ylikni namoyish etadilar.
* * *
Donishmandlikda kamolga yetgan hukmdorlar dukkakli donlar va tariqni xuddi olov va suv kabi mo‘l bo‘lishini ta’minlaydilar. Ana shunda fuqarolar orasida insonparvarlikni o‘ziga kasb etmagan bitta ham odam qolmaydi.
* * *
Olijanob er o‘z burchini, pastkash esa o‘z foydasini yaxshi tushunadi.
Rivoyat qilishlaricha, Lyan xonligi hukmdori Men-tszini huzuriga chorlab: «Ota! Siz hoynahoy oradagi ming li masofani mening saltanatimga biron foyda yetkazish maqsadida bosib o‘tib kelgandirsiz?» deydi.
Shunda Men-tszi quyidagicha javob qaytaradi: «Eh, van! Nima uchun gapni albatta foydaga burasiz? Hukmdor saltanatga qanday foyda keltirish kerak, deb qayg‘ursa, dafu oilaga qay yo‘l bilan naf yetkazish mumkin, deb bosh qotirsa, oddiy fuqarolar va shi esa qaerdan va qanday yo‘l bilan o‘zim uchun foyda orttirsam ekan, deya g‘am cheksalar... Axir, oliy va quyi tabaqalari foyda uchun o‘zaro kurashga kirishgan davlat halokatga mahkum bo‘ladi-ku!.. Agar foyda birinchi o‘ringa chiqib, burch keyinda qolib ketsa, bu kurash hech qachon tugamaydi. Agar jen bo‘lmasa, hamma o‘z qadrdon yerini tashlab ketadi. Burch bo‘lmasa, hamma o‘z hukmdorini unutishi aniq. Eh, van! Nima uchun albatta foyda haqida gapirish kerak?
* * *

Download 264.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling