Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


-qoida. Fuqarolarni doimiy mulk bilan ta’minlash


Download 264.58 Kb.
bet28/115
Sana25.02.2023
Hajmi264.58 Kb.
#1229839
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   115
Bog'liq
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

2-qoida. Fuqarolarni doimiy mulk bilan ta’minlash.
Doimiy mulkka ega bo‘lmagan fuqarolar doimiy tuyg‘ulardan ham mahrum bo‘ladilar. Doimiy tuyg‘ulardan mahrum fuqarolar esa parokandalikka uchrab, tubanlashadilar va xohlagan ishlarini qiladilar.
* * *
3-qoida. Donishmandlarni hurmatlash va qobiliyat egalaridan foydalana bilish.
Ahli donishlar hurmatlanib, qobiliyat va iste’dod egalaridan foydalana bilingan hukumatda nodir shaxslar faoliyat ko‘rsatadilar.
* * *
4-qoida. Soliq va o‘lponlarni kamaytirish.
Fuqarolardan matolar va arqonlar, tariq va guruch, muddatli og‘ir jismoniy mehnatga majburlash kabi turli ko‘rinishdagi soliqlar undirib olinadi. Sanab o‘tilgan og‘ir soliqlarning faqat bittasidan foydalanish mumkin. Ikkinchisini bir oz yumshatish lozim. Bir vaqtning o‘zida ikkinchi turdagi o‘lpondan ham foydalanmaslik darkor. Uchinchi tur soliqlar haqida esa gapirmasa ham bo‘ladi. Chunki u ochlikdan o‘lish hamda ota va bolaning ayriliqqa mahkum bo‘lishi kabi og‘ir oqibatlarga olib keladi.
* * *
Toki oliy va quyi tabaqalar haddan ortiq foydaga intilaverar ekanlar, davlat halokatga uchraydi.
* * *
5-qoida. Fuqarodan foydalanish, ammo uni bajarayotgan ishidan chalg‘itmaslik.
Agar fuqarodan bajarayotgan ishidan chalg‘itmay foydalanilsa, u mehnat bilan band bo‘lishiga qaramay, norozilik bildirmaydi; o‘zgalarning hayotini saqlab qolish uchun odamlar qatl etilganda ham xalq norozilik e’lon qilmaydi.
* * *
Omborxonalar to‘lib-toshgan taqdirdagina xatti-harakat qoidalari va burch nima ekanligini anglab yetish mumkin; kiyim-kechak va oziq-ovqatlar yetarli bo‘lganda, obro‘-e’tibor va sharmandalikning mohiyatini tushuna olish mumkin.
* * *
6-qoida. Fuqaroning ko‘nglini olmoqlik.
Fuqaroni qo‘lga olmoqlik osmoni falakni egallash bilan teng. Fuqaroni qo‘lga olish uning qalbini zabt etish demakdir. Fuqaroning ko‘nglini olish uchun uning istagan narsasini muhayyo etish hamda unga ma’qul bo‘lmagan ishlarni bajarishdan tiyilmoq lozim.
* * *
7-qoida. Xalqni qadrlay bilish.
Mamlakatning asosiy boyligi uning xalqidir. Yer va don-dun xalqdan keyingi mavqeni egallaydi.
* * *
Hukmdorlar uchta qimmatbaho boylikka egadirlar. Bular yer, fuqaro va boshqaruv ishlari.
* * *
8-qoida. Hurmatli kishilarga e’tibor ko‘rsatish.
Nufuzli zotlarga qahr-g‘azab ko‘rsatilmasa, mamlakatni boshqarish oson bo‘ladi.
* * *
Aql bilan ish yurituvchilar odamlarni boshqaradilar, kuch bilan ish ko‘ruvchilar esa o‘zgalar tomonidan boshqariladilar. Fuqarolar o‘z boshqaruvchilarini boqadilar. Fuqarolarni boshqaruvchilar fuqarolar tomonidan ta’minlanadilar.
* * *
9-qoida. Inson tabiatidagi ezgulikning yo‘qolishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Hosil mo‘l bo‘lmagan yil ko‘plab o‘g‘il farzandlar va ukalar bag‘ritosh bo‘lib qoladilar. Bu bag‘ritoshlik Koinot tomonidan ularga berilgan tabiiy sifatlarga bog‘liq emas. Balki ochlik ularning qalblarida yovuzlikning uyg‘onishiga sabab bo‘ladi.
* * *
10-qoida. Fuqaroni ezgulikka yo‘llash.
Inson tomonidan sodir etilgan yovuzlik uning tabiiy sifatlariga bog‘liq emas.
* * *
Qadimgi Xitoy faylasuflaridan yana biri Gao-tszi: «Inson tabiati jo‘sh urgan suv oqimiga o‘xshaydi. Unga sharqdan yo‘l ochsang sharqqa tomon oqadi, g‘arbga bursang, g‘arb tomon shoshadi. Suv oqimi sharq va g‘arbning farqiga bormaganidek, inson tabiatini ham ezgulik va yorug‘lik kabi sifatlarga ajratib bo‘lmaydi», degandi.
Men-tszi bu fikrga shunday e’tiroz bildiradi: «Chindan ham suv sharq va g‘arbni ajratolmaydi. Ammo u past-balandning farqiga boradi-ku! Suv pastga qarab oqqanidek, inson ham tabiatan ezgulikka intiladi.
Quyiga tomon oqishni istamaydigan suv bo‘lmaganidek, insonlar orasidan ham ezgulik tilamaydigan odamni topish mumkin emas. Agar suvni urib, harakatga keltirsangiz, u boshingiz uzra ko‘tariladi. Bordi-yu, yo‘lini to‘sib harakatga keltirsangiz, u tog‘lar qadar yuksaladi. Bu holatlar suvning tabiatiga bog‘liq holda sodir bo‘ladimi? Yo‘q. Ular tashqi kuch ta’siri ostida, sun’iy ravishda yuz beradi. Insonni ham ta’sir o‘tkazib, yovuzlikka undash mumkin. Chunki uning tabiati ham suvga o‘xshaydi.
* * *
Inson tabiatan olijanobdir.
* * *
11-qoida. Boy berilgan narsalarni idrok orqali izlash.
Ma’rifatning yo‘li bitta. U ham bo‘lsa yo‘qotilgan narsalarni idrok ila qidirishdan iboratdir. Ichki idrok amriga bo‘ysunsang, katta inson bo‘lasan, ikkinchi darajali (ya’ni ko‘z va quloq sezgilari) tuyg‘ularga amal qilsang, mayda odamga aylanasan.
* * *
12-qoida. Adolatni yodda tutmoqlik.
Men-tszidan so‘radilar:
Adolat tuyg‘usining zamirida nima yotadi?
Faylasuf dedi:
Bu haqda gapirish mushkul. U juda ulug‘ va favqulodda mustahkam tuyg‘udir. Bu tuyg‘uni tarbiyalab, to‘siq qo‘yilmasa, yerdan osmon qadar yuksaladi... Tafakkuringiz bu tuyg‘uni unutmasin. Ammo uning o‘sishiga sun’iy ravishda yordam bermang. Ya’ni Sun saltanatining fuqarosiga o‘xshab yo‘l tutmang. Bu odam maysalarim yaxshi o‘smayapti, degan o‘yda ularni bir-bir cho‘zg‘ilab chiqadi. Va uyga kelib: «Bugun juda charchadim. Maysalarga o‘sishlari uchun yordamlashdim», deydi. Uning o‘g‘li darhol maysalar tomon chopadi va ularning so‘lib yotganini ko‘radi:
«Yer yuzida maysalarning o‘sishiga yordamlashmaydiganlar ozchilikni tashkil etadi. Adolat tuyg‘ularini tarbiyalashni keraksiz hisoblab, undan bo‘yin tovlovchilar maysalarga ishlov bermaydigan kimsalarga, maysalarning bo‘y cho‘zishiga yordamlashuvchilar esa, ularni cho‘zg‘ilagan sunlik fuqaroga o‘xshaydi».
CHJUAN-SZI
(Miloddan avvalgi 369 (taxminan) -286yillar)
Xitoy faylasufi Chjuan-tszi Sun o‘lkasining Men viloyatida tavallud topdi. Avvaliga mayda amaldor bo‘lib ishladi. Keyinchalik xizmatni tark etib, yolg‘izlikda yashay boshladi.

Download 264.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling