Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Masalan, u vaqtning mohiyatini shunday tushuntiradi
Download 264.58 Kb.
|
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf
- Bu sahifa navigatsiya:
- SYUN-SZI
Masalan, u vaqtning mohiyatini shunday tushuntiradi:
Vaqt — harakatning masofasidir. Zenon g‘ayrioddiy tarzda hayotdan ko‘z yumgan. Bir kuni u qoqilib, yerga yiqiladi-da, bu holni yuqoridan yuborilgan ogohlantirish va chaqiruv deb hisoblaydi hamda o‘sha zahoti o‘zini o‘zi bo‘g‘ib o‘ldiradi. * * * «Donishmanddan o‘zga hech kim hech narsani bilmaydi», deb yozgandi Zenon. U o‘zining bu fikrini harakat orqali tushuntirgan. Ya’ni, barmoqlari yozilgan qo‘liga ishora qilib: «Bu timsol alomati» deydi. Keyin barmoqlarini sal bukib, shunday deydi: «Bu rizolik alomati», nihoyat barmoqlarini musht qilib tugib: «Bu esa anglash alomati» deydi va o‘zining bu o‘xshatmasiga katalepsis deb nom beradi. So‘ngra chap qo‘lini uzatib, o‘ng mushtini qattiq siqib: «Mana bu donishmanddan o‘zga hech kim erisholmaydigan bilimdir», — deb so‘zini tugatadi. * * Falsafani tirik mavjudotga qiyoslash mumkin, — deb yozadi Zenon. — Chunonchi, suyaklar va asab tizimi mantiq ilmi bo‘lsa, et axloq ta’limotidir. Jon esa tabiiyot (fizika)dir. Falsafani yana tuxumga ham o‘xshatish mumkin: po‘sti — mantiq, ichidagi oq suyuqlik qatlami — axloq, o‘rtadagi sarig‘i esa — tabiiyot. Falsafa ilmini yaxshi muhofazalangan va aql bilan boshqariladigan bir shaharga ham qiyoslamoq o‘rinli bo‘lur edi. * * Hech bir yovuzlik hurmatga sazovor bo‘lolmaydi. Yovuzlik — bizda qudrat, yuksalish, ezgulik tuyg‘ulari uyg‘onishiga bir to‘siq, xolos. 25 * Xudo mangudir. U olamdagi har bir narsani jamiki moddiyat vositasida yaratgan. * * Bizning ruhimizga ko‘plab tasavvurlar jo etilgan. * * Jon sakkiz qismdan tarkib topgan. Uning besh qismi ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish va sezish hislaridan iboratdir. Oltinchisi — ovoz, yettinchisi — nasl qoldirish qismlari bo‘lib, sakkizinchisi esa boshqaruvchi qism deb ataladi. Bu qism xuddi sakkizoyoq singari qolgan yetti qismini boshqaradi va ulardan foydalanadi. * * Tabiat bilan totuvlikda yashamoqlik, ezgulik bilan yakdil bo‘lmoqlik demakdir. * * Biz tashqi olamni tuyg‘ularimiz ila qabul etib, aqlimiz ila anglashga qodirmiz. * * So‘z buyumlarni belgilash uchun odamlar o‘zaro kelishib qabul qilgan ifoda bo‘lmay, so‘zlarning o‘zi buyumlar va buyumlarning tabiatiga ko‘ra belgilangandir. * * Erkinlik — donishmandlargina yetishishi mumkin bo‘lgan bir holat. Qolganlar uchun esa u noma’lum va yetib bo‘lmas manzildir. * * Manmanlikdan ortiq adabsizlik bo‘lmaydi. * * Ilm egallash asnosidagi eng keraksiz narsa dimog‘dorlik, eng zarur narsa esa vaqtdir. * * Do‘st bizning ikkinchi «men»imizdir. * * Bir ezma odamga Zenon shunday degan ekan: «Bizga ko‘proq eshitib, kamroq so‘zlash uchun ikkita quloq va bittagina og‘iz ato etilgan». * * Faylasuf o‘z nutqini aqli bilan bezab so‘zlamog‘i joizdir. SYUN-SZI (Taxminan miloddan avvalgi 313-235 yillar) Download 264.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling