Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Download 264.58 Kb.
|
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf
- Bu sahifa navigatsiya:
- LUKRETSIY TIT KAR
* * *
Qog‘oz hamma narsaga bardoshlidir. (Ushbu hikmatli so‘zning ilk manbai Sitseronning «Maktub» risolasida aks etgan. Unda: «Maktub uyatdan qizarmaydi», — degan ibora yozilgandi). 30 * Xalq farovonligi — oliy qonun. * * Ovozlar sanalmaydi, tarozida tortiladi. * * Qurol tilga kirganda, qonunlar jim qoladi. * * Hukumat — so‘zlovchi qonun, qonun esa gung hukumatdir. * * Donishmadlikni egallashning o‘zigina yetarli emas, undan foydalana bilmoqlik ham joiz. * * O’tib ketgan musibatni xotirlash yoqimli. * * Bir ziddiyat ikkinchisini keltirib chiqaradi. * * Mehnat og‘riqni o‘tmaslashtiradi. * * So‘zamollik — aqlga sayqal beruvchi nur. * * Men o‘zim unutishni istamagan narsalarni unutishga qodir emasman. * * Shon-shuhrat keltiruvchi qiyinchiliklarga dosh berish oson. * * Ozod bo‘lish uchun qonunlarning quliga aylanishga to‘g‘ri keladi. * * Falsafa bilan mashg‘ul bo‘lmoqlik o‘zni o‘limga tayyorlamoq demakdir. * * Xaloskorlikni o‘ziga kasb etganlar Tangriga eng yaqin kishilardir. * * Ezgulikning asosiy belgisi — harakat. go‘dakligingizcha qolaverasiz. * 31 * O’z burchini yayrab ado etuvchilargina emin-erkin yashaydilar. * * * Nohaq yo‘lda g‘olib bo‘lmoqdan ko‘ra, haq yo‘lida mag‘lublik afzal. * * * Nodonlar safida saodatmandlar, donolar orasida baxtsizlar bo‘lmaydi. * * * Men o‘tkir aql-farosatli yoki ahmoq, kuchli yoxud ojiz bo‘lib tug‘ilmoqlik o‘z ixtiyorimizda emasligini tan olaman. Ammo bundan hatto o‘tirish yoki sayr qilish kabi oddiy xatti-harakatlar ham bizga bog‘liq emas ekan-da, degan xulosa yasovchilar qattiq yanglishadilar. * * * Biz buyuk va muqaddas maqsadlar uchun tug‘ilganmiz. Buni behisob narsalar haqidagi xotiralar jam bo‘lgan ruhimizdagi boshqa omillar yordamida ham ko‘rish mumkin. Masalan, bizda har bir amalning oqibatlarini avvaldan ko‘ra bilishdek ilohiy sifatga yaqin karomatgo‘ylik, nafsni tiyuvchi uyat, insoniylik, jamiyat manfaatlarini himoya qiluvchi adolat, o‘lim va azob-uqubatlarga qarshi mustahkam va barqaror nafrat tuyg‘ulari mujassamdir. Bularning barchasi insondagi eng afzal ma’naviy sifatlar. Agarki, insonlarning jismida huzur-halovatdan ustun qo‘yish lozim bo‘lgan kuch-quvvat, salomatlik, go‘zallik, chaqqonlikni tug‘diruvchi sezgilar mavjud ekan, u holda ruhiy qobiliyatlarni qanday baholamoq kerak? O’tmishda o‘tgan olimlar ruhda qandaydir fazoviy va ilohiy bir narsaning ishtirokini ko‘ra bilganlar. LUKRETSIY TIT KAR (Miloddan avvalgi 99-55 yillar) Download 264.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling