Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


yilda Van Yanmin Pekinga qaytadi va Shandun muzofotiga hokim qilib tayinlanadi


Download 264.58 Kb.
bet68/115
Sana25.02.2023
Hajmi264.58 Kb.
#1229839
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   115
Bog'liq
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

1504 yilda Van Yanmin Pekinga qaytadi va Shandun muzofotiga hokim qilib tayinlanadi.
1505 yilda Xitoy taxtiga 15 yoshli Xouchjao o‘tirgach, bir guruh saroy a’yonlari qatori Van Yanmin ham quvg‘inga uchraydi. Quvg‘in yillari faylasuf uchun juda katta hayotiy maktab vazifasini o‘taydi. U ruhan kamolga yetib, dunyoviy ilmlarning o‘tkir bilimdoniga aylanadi. Faylasuf ayni shu kezlarda «bilim va harakatning birligi» haqidagi g‘oyat muhim tamoyilni ishlab chiqadi.
1509 yilda Van Yanmin quvg‘indan qaytadi va Guychjou muzofotining poytaxti Guyyanda falsafadan dars bera boshlaydi.
Buyuk faylasuf 1529 yilning 9 yanvarida betoblikdan vafot etadi.
* * *
Bilim harakatdadir.
* * *
Tabiiy bilim nima? U haqiqat va yolg‘onni ajratuvchi, o‘ylamasdan, o‘rganmasdan bilguvchi qalbdir.
* * *
Qalb tabiat, tabiat esa qoida.
* 45 *
Haqiqiy quvonch donolikda kamolga yetgan zotlar va oddiy odamlarga xosdir. Biroq bu ne’matga ega bo‘lgan oddiy odamlarning o‘zlari bundan bexabar bo‘ladilar.
* * *
Bilim harakatni boshqaruvchi asosiy fikr. Harakat esa ilmning amaliy manbai. Bilim harakat ibtidosi, harakat bilim intihosidir.
* * *
Bilim harakatdadir. Buning isbotini quyidagi holatlar zanjiri orqali ko‘rish mumkin.
Taomning ta’mi yaxshi yoki yomonligini bilish uchun uni og‘izga solib, chaynab ko‘rmoq zarur. Taomdan tatib ko‘rmay turib, unga baho berib bo‘ladimi? Yo‘lning ravon yoki noravonligini aniqlash uchun o‘sha yo‘lni bosib o‘tishingiz kerak. Yo‘lni borib ko‘rmasdan uning qandayligini aytish mumkinmi? Kamondan o‘q otish uchun nayzani joylab, yoyni tarang tortish va nishonga olib, qo‘yib yuborish talab etiladi. Kitob o‘qib ilm olmoq uchun esa qo‘lga qalam tutib, yozmoq joiz. Olamda hech bir ilm yo‘qki, u harakatsiz o‘rganilsa. Shu bois ilmga va oliy qoidalarga harakatsiz yetishib bo‘lmaydi.
* * *
Fikr va so‘z amaliyotga yo‘naltirilganda ularning har ikkisi ham moddiyatga narsaga aylanadi.
* * *
Buyumlar, voqealar, qoidalar, adolat va ezgulik dildan tashqarida qololmaydi.
* * *
Bir kuni Van Yanmin shahar ko‘chalarida aylanib yurganda do‘stlaridan biri qoyalarda barq urgan gullarga ishora qilib, undan so‘radi:
Olamda hech narsa dildan tashqarida mavjud bo‘lolmaydi, deysan. Ammo mana bu qoya bag‘ridagi gullar o‘zidan o‘zi o‘sadi va quriydi. Qani ayt-chi, bu gul bilan mening qalbim o‘rtasida qanday bog‘liqlik bo‘lishi mumkin?
Van Yanmin do‘stiga shunday javob qaytardi:
Gullarga qaramasingdan avval ular ham, sening qalbing ham osoyishta edi. Gullarga ko‘zing tushgan oni esa sen ularning rangini qalbing ila anglading. Shundan ko‘rinib turibdiki, gullar sening qalbingdan tashqarida qololmaydi.
* * *
Narsalarning mohiyatini anglash qalbdagi, fikrdagi va ilmdagi narsalarning mohiyatini anglash demakdir.
Faylasuf bu savolga shunday javob qaytardi:
Yaxshi odamlarga qutqu solishga qurbi yetadigan bitta ham yovuz kuch yo‘qdir. Eng qo‘rqinchlisi qalbning makkorlik illatiga mubtalo bo‘lishi. Ana shuning o‘ziyoq insonga qutqu soladi. Agar inson ayol go‘zalligiga o‘ch bo‘lsa, ishqivozlik vasvasasini paydo qiluvchi kuchlar, agar boylikka ruju qo‘ysa, manfaatparastlik va ta’magirlik vasvasasini uyg‘otuvchi kuchlar, agar u bo‘lar-bo‘lmasga g‘azablanaversa, darg‘azablik vasvasasini hosil qilguvchi kuchlar, agar arzimagan narsadan ham qo‘rquvga tushaversa, qo‘rqoqlik vasvasasining uyg‘otuvchi kuchlar ta’siri ostida bo‘ladi.
* 46 *
Van Yanmindan do‘sti so‘radi:
Kitob o‘qigandan so‘ng hech narsa yodda qolmasa nima qilmoq kerak?
Van Yanmin dedi:
Uni tushunmoq kerak, yodlash shart emas. Tushunmoq zaruriyati ham ikkinchi darajali narsa. Eng avvallo kitobning asosiy mohiyatini anglamoq joiz.
* * *
Qaramoqlik va ko‘rmaslik, tinglamoqlik va eshitmaslik, yemoqlik va ta’m bilmaslik... Ta’mni bilish uchun inson yuragida yeyish istagi bo‘lishi joiz. Tanovulni istagan yurak bu fikr, boshqacha aytganda, harakat ibtidosidir.
* * *
Inson qalbi osmon kabi tubsiz.
* * *
Komil inson har bir odamning komil bo‘lishi uchun qayg‘uradi.
* * *
Inson tabiati aslida oliy fazilatlar majmuasidir. Uning tabiati o‘z ibtidosida zarracha yovuzlikdan ham xoli bo‘lgan.
* * *
Biz biror ilmni imkoniyatimiz va mavqeimiz darajasida o‘rganib, nihoyasiga yetkazamiz.

Download 264.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling