Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Download 264.58 Kb.
bet69/115
Sana25.02.2023
Hajmi264.58 Kb.
#1229839
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   115
Bog'liq
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

MONTEN (Mishel Eykem)
(1533-1592)
Farang faylasufi Monten XV asrga kelib dvoryanlik darajasiga erishgan savdogar Eykemlar sulolasiga mansub.
Yosh Monten Tuluza dorilfununida tahsil oldi. U, ayniqsa, faylasuflar Seneka va Plutarx ta’limotini qunt bilan o‘rgandi. Faylasuf o‘zining juda boy shaxsiy kutubxonasi bilan nom qozongan.
Monten o‘zining bor qobiliyatini eng ko‘hna va mustahkam ilm o‘zini o‘zi anglash ilmiga bag‘ishladi. Faylasufning o‘zi bu haqda shunday deydi: «Men o‘zimni o‘rganaman. Ana shu tadqiqotim men uchun ham fizika, ham metafizikadir».
Monten inson qalbining xilvat kengliklarini, fe’l-atvorining o‘ziga xos qirralarini, uning favqulodda vaziyatdagi xatti-harakatlarini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Uni olam unsurlari emas, «shaxs unsuri», «xatti-harakat uzvlari majmuasi», zakovat tuhfalariyu yurak sirlari qiziqtirardi.
Montenning bizga qadar 3 kitobdan iborat «Esse» («Tadqiqotlar», 1580-1588y.) asari yetib kelgan.
«Esse» lotincha so‘z bo‘lib, «o‘z ustida tajriba o‘tkazish» degan ma’noni anglatadi. Montenning bu asari turli mavzulardagi falsafiy tadqiqotlar majmuidan iborat. Bu asarda 3000 ta iqtibos keltirilgan: avliyo Pavel nasihatlaridan 14 ta, «Ko‘hna Ahd»dan 12 ta, Injildan 4 ta. Shuningdek, allomalar Ekkleziast, Vergiliy, Goratsiy, Aflotun, Epikur, Lukretsiy, Plutarx va Seneka kabi allomalardan olingan bir necha yuzlab iqtiboslar ham ushbu asarda aks etgan. Monten asarlarida qaysi mavzuga murojaat qilmasin, avval o‘z shaxsiy yondashuvini, keyin esa misollarni bayon etadi. Ba’zan esa aksincha yo‘l tutadi.

Download 264.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling