1673 yilda Labryuyer Kan muzofotining bosh moliyaviy xazinachisi lavozimini egalladi.
Labryuyer o‘z zamondoshi bo‘lmish mashhur notiq, yirik din arbobi va yozuvchi Bossyue tavsiyasi bilan 1684 yildan shahzoda Kondening nabirasiga murabbiylik qila boshladi. Bola katta bo‘lgach, Labryuyerga 1000 ekyu miqdorida nafaqa tayinlandi va u umrining oxirigacha shahzoda xonadonida kotiblik va kutubxonachilik vazifasini bajardi.
Faylasuf 1693 yilda Farangiston akademiyasiga a’zo qilib saylandi.
* * *
Xudoning yo‘qligini isbotlash imkoni mavjud emasligining o‘ziyoq menda Uning borligiga ishonch uyg‘otadi.
* * *
Ey, maqtanchoq va o‘zbilarmon odamzot! Loaqal oyog‘ing ostida toptaluvchi oddiy chuvalchangni yaratib ko‘r-chi!
* * *
Yaqinlarimiz bizga qanchalar ko‘p o‘xshasalar, ularni shunchalik yaxshi ko‘ramiz. Xuddi shunga o‘xshash biz o‘zimizga teng ko‘radigan odamlarni hurmat qilamiz.
* * *
Men eng buyuk siyosatchidan faqat birgina odamni yuqori qo‘yaman. U ham bo‘lsa, siyosatga kuch-quvvat sarflash behuda ekanligini tushunib yetgan kishidir.
* * *
Inson qancha kam so‘zlasa, shuncha ko‘p yutadi. Chunki odamlar sukutdagi ahmoqni aqlli deb o‘ylashlari mumkin. Agar sukutdagi kishi chindanda zakovat egasi bo‘lsa, atrofdagilar uning juda aqlli odam ekanligiga to‘la ishonch hosil qiladilar.
* * *
Notiqlarni harbiylarga qiyos qilish mumkin. Chunki ular ham boshqa kasb egalariga nisbatan ko‘proq xavf-xatarga ro‘para bo‘ladilar-u, ammo nisbatan tezroq martabaga erishadilar.
* * *
Bir narsani aytish qiyin: qat’iyatsizlik ko‘proq rahm-shafqatga loyiqmi yoki nafratgami? Noto‘g‘ri qaror qabul qilish xavflimi yoki umuman hech qanday qarorga kelmaslikmi?
* * *
Jizzaki, beqaror, tund, injiq, urishqoq odamga nisbatan: «Uning bo‘lgani shu o‘zi», — degan bahoning berilishi ko‘pchilik o‘ylaganidek kechirish alomati emas. Bu tilga olingan sifatlarning tuzatib bo‘lmas qusur ekanligini beixtiyor e’lon qilish demakdir.
* * *
Biz umr bo‘yi muqarrar o‘limni kutib yashaymiz. O’lim qarshisidagi qo‘rquv ajaldan ko‘ra ham
azobliroqdir.
Xalq junbushga kelganda uni qanday tinchlantirishni hech kim aytib berolmaydi, ayni vaqtda osoyishta va xotirjam xalqning tinchligini nima buzishini ham hech kim bilmaydi.
Ko‘pincha odamlar qanday nuqsonlar tufayli yuksaklikka ko‘tarilgan bo‘lsalar, aynan o‘sha nuqsonlar sababli pastga qulaydilar.
O’z sirlarining oshkor bo‘lishidan cho‘chib yashash hukmdorning baxtsizligidir. Yonida bu sirlarni yelkasida ko‘tara olishga qobil sodiq odamning borligi esa hukmdorning baxtidir.
Yaqin kishisining yomon fe’l-atvoriga sabr etolmaydigan odamni namunali xulq egasi deb bo‘lmaydi. Chunki oltin ham, oddiy temir tanga ham muomala uchun birdek zarurdir.
Sirning ochilishiga uni o‘zgalarga ishongan odamning o‘zi aybdordir.
Inson faqat ikki yo‘l bilan yuqori martabaga erishishi mumkin: epchillik va yoki boshqalarning nodonligi yordamida.
Saxiylik in’om etilgan narsalarning miqdori bilan emas, balki o‘z vaqtida berilishi bilan o‘lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |